So’nggi yangiliklar

08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  1 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  5 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7

Germaniyada o'ynayotgan futbolchilarimiz haqida bilasizmi? Yangiliklar

Germaniyada o'ynayotgan futbolchilarimiz haqida bilasizmi?

So'nggi yillarda Germaniya klublarida Sobiq Ittifoq mamlakatlaridan chiqqan futbolchilar ko'payib bormoqda.

Turli hisob-kitoblarga ko'ra Sobiq Ittifoq tarqalib ketgach Germaniyaga milliondan ikki milliongacha nemislar ko'chib ketishgandi. Ularning kattagina qismi O'rta Osiyodan bo'lishgan. Agar birinchi avlodga futbolga qiziqish u qadar katta bo'lmagan bo'lsa ham, ularning farzandlari yaxshi futbol o'quvini olib Germaniyaning kuchli klublarida o'ynashni boshlashmoqda.


Anton Valdemarning ota-onasi o'sha paytda O'zbekistondan Germaniyaga ko'chib ketgan edi. Bugungi kunda u Germaniya Bundesligasida ishtirok etayotgan "Gannover" klubining asosiy futbolchisiga aylanib olgan. 21 yanvar kungi "SHalke"ga qarshi 1:1 hisobida tugagan o'yin, bu mavsumdagi 18-uchrashuv bo'ldi. Valdemar hozirga qadar Bundesligada jami 26ta, ikkinchi Bundesligada 32ta o'yin o'tkazishga ulgurdi.

Schalke 04

Marko Pjaca - 16'

1. Bundesliga . 19-tur

21/01/2018, 22:00

1
:
1
Tugadi

Hannover 96

Niclas Fuellkrug - 86'

Stadion: VELTINS-Arena, 60650 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Petersen

45'
90'
16'  Marko Pjaca
16'  Amine Harit
56'  Marko Pjaca (Breel Embolo)
58'  Alessandro Schoepf
63'  Leon Goretzka (Weston McKennie)
81'  Naldo
83'  Weston McKennie (Benjamin Stambouli)
10'  Julian Korb
69'  Julian Korb (Martin Harnik)
80'  Pirmin Schwegler (Kenan Karaman)
85'  Matthias Ostrzolek (Charlison Benschop)
86'  Niclas Fuellkrug

21 yoshli markaziy himoyachi bir qator klublar etiboriga tushib bo'ldi. Germaniya OAV xabariga ko'ra mamlakatning kuchli 4ta klubi "Gannover"ga Antonning transferi borasida taklif bilan chiqishgan.

Ammo klub prezidenti Martin Kind u bilan xayrlashishni xayoliga ham keltirmayapti. Bundan tashqari yaqindagina Valdemar klub bilan shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirdi. Transfermarkt.de nashri Anton Valdemarni hozirgi kunda 6,5 million evroga baholanmoqda. O'tgan yil yanvar oyida uning transfer narxi ushbu sayt tomonidan 1,5 million evroga baholangan edi.

Quyidagi videoda Anton Valdemarning himoyadagi harakatlarini kuzatish mumkin

TAS-IX 



TAS-IX emas




Yana bir O'zbekistonga aloqador bo'lgan 25 yoshli Manuel Yancer ikkinchi Bundesligasida ishtirok etayotgan "Xolshteyn Kil" klubi safida bu mavsum 4ta o'yin o'tkazdi. Keyin esa og'ir jarohat olib safdan chiqdi. Ayni paytda u davolanish va tiklanish bilan band. Yancerning ota-onasi O'zbekistonga aloqadorligi aniqlandi. U hujumkor yarim himoyachi hisoblanadi. "Xolshteyn Kil" agar shunday davom etadigan bo'lsa keyingi mavsum Bundesligada o'ynashi mumkin. Ayni paytda klub 18ta o'yindan so'ng 33 ochko bilan musobaqa jadvaliningikkinchi pog'onasida bormoqda.


Vladislav Goyxman

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика