So’nggi yangiliklar

00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  0 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  0 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  5 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  1 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  1 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  2 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5

Gennadiy Moshnyaga: "Men haqimdagi so'nggi so'zni Gess aytadi" Yangiliklar

Gennadiy Moshnyaga: "Men haqimdagi so'nggi so'zni Gess aytadi"

Ayni paytda oliy liganing deyarli har bir jamoasida legionerlarni uchratishimiz mumkin.
Kimlardir yangi klublari bilan shartnoma tuzishgan bo'lsa, kimlardir ko'rikdan o'tishda davom etishyapti. Hozirda “Andijon” jamoasi mashg'ulotlarida moldaviyalik darvozabon Gennadiy Moshnyaga ham ishtirok etmoqda. Moldaviyada bu posbon “Dachiya”, “Zimbru” va “Zarya” klublarida faoliyat olib borgan. Moshnyaga bu yil faoliyatini O'zbekistonda davom ettirishi mumkin. “Andijon” mashg'ulotlarida qatnashayotgan legioner darvozabon bilan kuni kecha suhbatlashdik.

- Gennadiy, “Andijon” safiga qo'shilishingiz qanday amalga oshdi?

- Mening nazarimda, hamma futbolchilarga agentlar o'zlarini xorijda sinab ko'rish variantini taklif qilishadi. Menga ham O'zbekistondan qo'ng'iroq qilishib, “Andijon” klubida ko'rikdan o'tishimni va murabbiyga maqul keladigan bo'lsam shartnoma tuzilishini aytishdi. SHu tariqa “Andijon” safiga qo'shildim.

- Yangi jamoaga ko'nikishingiz qiyin kechmayaptimi?
- “Andijon” jamoasi meni juda yaxshi qabul qildi. SHu bois yangi jamoaga moslashishda qiyinchiliklarga duch kelmayapman. Tarkibdagi futbolchilar bilan tez til topishib ketishga harakat qilyapman. To'g'ri, bungacha jamoadagi hech bir o'yinchi yoki murabbiy bilan tanish emasdim. Hamma bir-biri bilan yaxshi munosabatda bo'lgani bois hech qanday muammo yo'q. Bir so'z bilan aytganda, jamoaga menga yoqdi.

- Mashg'ulotlar jarayoni to'g'risida fikringiz qanday?
- Mavsumga tayyorgarlikning uchinchi bosqichi boshlanganda men tarkibga qo'shildim. Mashg'ulotlar yuqori saviyada olib borilmoqda. Bu odatiy holat, chunki bunday paytda hir bir jamoa chempionatga puxta hozirlik ko'rishga harakat qiladi. Biz ham mashg'ulotlarda astoydil ishlayapmiz. Qolaversa, ayni paytda bizning vazifamiz ham yig'inlarni yaxshi o'tkazishdir.

- Yurtimizga birinchi kelishingiz. Bungacha chempionatimiz to'g'risida tasavvuringiz qanday edi?
- O'zbekistonda hamyurtlarimiz o'ynashgani bois futbolingiz to'g'risida ozmi-ko'pmi malumotga ega edim. CHempionatingiz saviyasi yomon emas deya olaman. Buni o'z ko'zim bilan ham ko'rish uchun O'zbekistonga o'ynash maqsadida keldim. Nasib qilsa, bu yil yurtingizda o'zimni sinab ko'rish niyatim bor. To'g'ri, o'zbek futboli to'g'risida ko'p narsa bilmayman. Agar faoliyatimni shu erda davom ettiradigan bo'lsam, hammasini bilib olaman.

- Jamoalarimizdan sizga birinchi marta taklif tushishimi?
- Xorijga birinchi chiqishim emas. Ilgari Vengriyada faoliyat olib borganman. Moldaviyada “Dachiya” klubida o'ynab yurganimda Vengriya jamoasiga o'tganman. Mana endi O'zbekistonda ham o'ynash imkoniyatiga ega bo'lib turibman.

- Bosh murabbiy Edgar Gess bilan taqdiringiz haqida gaplashdingizmi? “Andijon”da qolishingiz aniqmi?

- Hali shartnoma tuzilgani yo'q. Ayni paytda murabbiylar meni sinovdan o'tkazishmoqda. Men esa jamoada qolish uchun o'zimni ko'rsatishga harakat qilyapman. Mashg'ulotlarda bor mahoratim bilan ishlayapman. Harakatlarim murabbiylarga maqul kelyaptimi yo'qmi, bilmadim. Men haqimdagi so'nggi so'zni bosh murabbiy aytadi.  

-“Mashal” va “Buxoro” jamoalariga qarshi o'tkazilgan nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdingiz. Taassurotlaringiz qanday?

- Men kuchli jamoa safiga qo'shildim deya olaman. “Andijon” ko'rsatayotgan o'yin ham yomon emas. Har holda mening nazarimda shunday. Qaysidir uchrashuvlarda yaxshi to'p surdik, yana qaysidir bahslarda o'yinimiz unchalik chiqmagan bo'lishi mumkin. Asosiysi, mashg'ulotlarda katta bosimda ishlayapmiz va o'yindan-o'yinga yanada kuchayishimizga ishonaman.

- Demak, hozir “Andijon” ishlaringiz yaxshi ketmoqda...

- Ha, jamoada men o'zimni yaxshi qilyapman. Boshqacha aytganda, o'zimni uyimdagidek his etyapman. SHuning uchun hech qanday qiyinchilik bo'lmayapti.

- SHu o'rinda Moldaviyadagi faoliyatingizga batafsil to'xtalib o'tsangiz?

- Faoliyatimning asosiy qismini “Dachiya” klubida olib borganman. Bu jamoada besh yildan ortiq vaqt mobaynida o'ynadim. Lekin “Andijon”ga men Moldaviyaning boshqa bir jamoasi “Zarya”dan keldim. “Zarya” Moldviya oliy ligasida ishtirok etadi va hali yosh jamoadir. O'tgan yili bu klubda ijara asosida faoliyat ko'rsatdim.

- Ilgari chempionatimizda moldaviyalik darvozabon Denis Romanenko bir necha yil faoliyat olib borganini bilsangiz kerak?

- Ha, uni O'zbekistonda o'ynaganidan xabarim bor. “Dachiya”da o'ynashni boshlaganimda Romanenko jamoamiz darvozaboni bo'lgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng u hozirda “Dachiya” klubida darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlamoqda. Bundan avval Romanenko Moldviyaning boshqa jamoalarida ham murabbiy bo'lib faoliyat olib bordi. Romanenkodan tashqari Aleksandru Onikani yurtingizda to'p surganini bilaman. U bilan ham “Dachiya” jamoasida birga o'ynaganman. Qolaversa, ayni paytda bir nechta hamyurtlarim O'zbekiston jamoalarida ko'rikdan ham o'tishmoqda. “Buxoro” va “Mashal” jamoalarida yurtdorshlarim sinovdan o'tishayotgandi.


B.TURSUNOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика