⭐️ G'alabani onalar bilan nishonlashni trendga olib chiqqan Marokash TJ azolari o'z vatanida chempionlardek kutib olindi. Qirol ularni o'z saroyida qabul qildi
21 dek 2022 09:10
Yangiliklar
⭐️ G'alabani onalar bilan nishonlashni trendga olib chiqqan Marokash TJ azolari o'z vatanida chempionlardek kutib olindi. Qirol ularni o'z saroyida qabul qildi
Qatardagi mundial kashfiyotiga aylangan Marokash terma jamoasi musobaqada 4-o'rinni egalladi.
Ular Afrika vakillari orasida eng yaxshi natijani ko'rsata olishdi. Futbolchilar vataniga oila azolari bilan birga qaytib kelishdi. Terma jamoa o'yinchilari joy olgan avtobus Rabot ko'chalarini aylandi va minglab muxlislar ularni olqishlar bilan kutib olishdi.
Paraddan keyin esa futbolchilar joy olgan avtobus qirol Muhammad VI saroyi tomon yo'l oldi. Ular qirollik tomonidan maxsus medallar bilan taqdirlandi. Marokash terma jamoasi vakillari va ularning oila azolari taqdirlash marosimidan keyin qirol Muhammad VI bilan esdalik uchun rasmga tushishdi.











O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar