Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Xitoy safariga hozirlik ko'rmoqda
30 mar 18:55
Yangiliklar


Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Xitoy safariga hozirlik ko'rmoqda
O'zbekiston milliy terma jamoasi 3 - 5 aprel sanalarida Xitoy Xalq Respublikasida mezbonlar termasi bilan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Mazkur safar oldidan Nodir Eliboev shogirdlari Toshkentda yig'ildi. Terma jamoamiz "Yunusobod" sport majmuasida uch kun mobaynida mashg'ulot o'tkazib, dushanba kuni kechasi Toshkent-Pekin-Yuylin reysi bilan uchib ketadi.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Darvozabonlar: Abbos O'lmasbekov, Abbos Elmurodov;
Himoyachilar: Ilhomjon Hamroev, Mashrab Odilov, Shaxzod Sadiev;
Qanot hujumchilari: Mehroj Yunusov, Behruz Samiev, Eldor Nigmatov, Doniyor Saidahmedov, Orzujon Asqarov, Shaxram Faxriddinov;
Hujumchilar: Davlat Ibragimov, Artur Umurov, Muzaffar Ahadjonov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar