Futre Grizmann haqida: "Antuan "Atletiko"da qirol edi. "Barsa"da esa u graf yoki knyaz bo'lishi mumkin"
21 noy 2020 10:15
Yangiliklar
Futre Grizmann haqida: "Antuan "Atletiko"da qirol edi. "Barsa"da esa u graf yoki knyaz bo'lishi mumkin"
"Men Grizmanning o'tish sababini tushanaman ["Atletiko"dan "Barsa"ga]. U CHempionlar Ligasini yutishga urindi. Men uni ko'proq titullar uchun ketgan deb o'ylayman. Ehtimol u "Barsa"da buning ehtimoli katta deb o'ylagan.
Ammo biz barchamiz bilamizki "Barsa"da eng asosiysi - Messi, Messi, Messi... 50 Messi. Keyin Suares, Pike va Grizmann. U to'rtinchi yoki beshinchi o'rinda [o'tgan mavsumda klubdagi ahamiyat bo'yicha].
Agar "Barsa" CHempionlar Ligasini yutsa, barcha gazetalar muqovasida Messi bo'ladi.
Agar Grizmann "Atletiko"dan ketmaganida, u afsonaga aylanardi. U mendan ham muhimroq bo'lar edi. Ammo men buni bilardim va unda adaptaciya bilan bog'liq muammolar paydo bo'lishi kutgan edim.
Grizmann "Atletiko"da qirol edi. "Barsa"da esa atigi graf yoki knyaz bo'lishi mumkin", - deydi Futre.
Grizmann 2014-2019 yillar davomida "Atletiko" sharafini himoya qilgan.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" - "Barselona" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da start oladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar