So’nggi yangiliklar

03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5

"Futbolda to'xtab turib harakat qilib bo'lmaydi, "Neftchi"ni Superligada ko'rsam xursand bo'laman, "Turon"ning kuchi birdamlik va hallolikda". Murod Ismoilov bilan intervyu Yangiliklar

"Futbolda to'xtab turib harakat qilib bo'lmaydi, "Neftchi"ni Superligada ko'rsam xursand bo'laman, "Turon"ning kuchi birdamlik va hallolikda". Murod Ismoilov bilan intervyu

Tajribali mutaxassis, "Paxtakor", "Neftchi", "Metallurg" jamoalaridagi faoliyati bilan yaxshi tanish bo'lgan Murod Ismoilovni Yaypanning "Turon" klubida faoliyat olib borayotganidan xabaringiz bor.

 Bugungi kunda klubda tahlilchi murabbiy va bolalar futboli rahbari sifatida mehnat qilayotgan mutaxassis jamoa qayd etayotgan natijalarida o'zining hissasini qo'shib kelmoqda. Pro liga 14-tur yakunlariga ko'ra "Turon" jamoasi kuchli to'rtlikdan o'rin oldi va Superliga yo'llanmasi uchun kurashni davom ettiradigan bo'ldi. "Neftchi" bilan kechgan vodiy derbisidan so'ng Murod Muzaffarovichga yuzlandik va qator mavzular yuzasida suhbatlashdik.

- Murod Muzaffarovich avvalo “Turon”ni kuchli to'rtlikdan o'rin olgani va Superliga yo'llanmasi uchun uchun yurishni davom ettirishi bilan tabriklaymiz. Keling dastlab suhbatimizni hozirda klubda faoliyatingiz qanday ketayotgani bilan boshlasak...

- Tabrik uchun tashakkur. Avvalo "Turon" jamoasini tashkil kilgan tadbirkor insonlarga katta rahmat aytmokchiman, ularni ezgu ishlarida ollohning o'zi madadkor bo'lsin, mana shunday insonlar bilan birga ishlash juda maroqli va zavqli. Hozir jamoada tahlilchi murabbiy va bolalar futboliga bevosita rahbar sifatida faoliyat olib bormoqdaman. Asosiy jamoaning raqiblarining o'yinlarini tahlil kilyapmiz. SHu bilan birga bolalar futboli bilan yaqindan tanishib selekciya ishlarini ham olib boryapmiz, bundan tashqari ikkita ikkinchi liga jamoalarimiz bor ularni uyinlarini ham kuzatmoqdamiz.

- Bilishimizga qaraganda klub tez orada o'z akademiyasini va sport bazasini ishga tushirar ekan...

- Ha, bu quvonarli hol. Rahbarlarimiz shijoatli insonlardir. Hozirda sport bazasining qurilish ishlari boshlandi. Akademiya masalasi ham ko'rib chiqilmoqda, yaqin kunlarda oydinlik kiritiladi degan umiddamiz. Stadionni yoritish masalasida ham ishlar ketyapti. Klub vice-prezidenti Abduvahob Ahmadaliev tinim bilayotgani yo'q. Stadion direktori Azizxon aka ham mehnatsevar inson. Meni hayron qoldirgan jihati shundaki, bu erda faoliyat olib boradigan insonlar juda samimiy va fidoyi. Fan klub rahbari Amrullo ham katta ishlarga qo'l urgan. Klubga yangi avtobus olib berildi, maxsus buyurtma asosida trenajyor anjomlari olib kelindi. Yani barchasi futbolni yuqori saviyaga olib chiqish va rivojlantirish uchundir.

- Jamoaning hozirda qayd etayotgan natijalariga klub rahbarlarining munosabati qanday bo'lmoqda?

- Birinchi galda shuni aytmoqchimanki, jamoa hali juda yosh. O'tgan yilgiga qaraganda jamoa ancha ijobiy tomonga o'zgardi. Rahbarlarimiz Qodirxonxoji, Olimxon aka albatta buni tushunib turishibdi. Klub Pro ligada debyutant bo'lsada ko'p jamoalarga bosh og'riq bo'la oldi. Bosh murabbiy Islombek Ismoilov ham buni to'g'ri tushungan holda astoydil mehnat qilyapti. Yangi g'oyalarni ilgari suryapti, natija bilan birgalikda futbolning saviyasini oshirishga intilmoqda. Qaysidir jihatlar o'xshasa, yana qaysidir jihat ustida hali ko'p ishlash kerakligi ko'rinib turibdi. Ayrim g'oyalar futbolchilarga yoqmayapti. Axir biz yuqoriga intilmoqchi bo'lsak o'zgarishimiz kerak-ku. Masalan parhez masalasida juda ko'p tushunmovchiliklar bo'lyapti. Futbolchilar chidamli bo'lishi uchun ichki yog' miqdorini kamaytirish kerakligini tushuntira olmayapmiz. Balki bunga vaqt kerakdir.

- Lekin, parhez, to'g'ri ovqatlanish kabi qoidalarga hamma ham rioya qilmaydi...

- Mana qarang, biz murabbiylikka o'qiyotganimizda Islom Ahmedov nima uchun bizning futbolchilar 60-daqiqadan so'ng charchab qoladi degan savolni o'rtaga tashlagan edilar. Ko'pchilik turli fikrlarni bildirgandi. Menimcha to'g'ri ovqatlanish, muskullarni chiniqtirish, yuklama va jarohatlardan so'ng tiklanish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Sportchiga gazli ichimlik ichma desangiz tushunmaydi.

- Bilamiz, aksariyat klublarning homiylari, rahbarlari murabbiydan har qanday sharoitda ham natija talab qilishadi, natija qila olmadimi murabbiyga chiqish eshiklarini ko'rsatishadi. Yakunda murabbiy natija qilish uchun har qanday usullarni qo'llab ko'radi. Sizningcha bu to'g'rimi? Natija talab qilishda ham farq bor...

- Yana bir jihat, rahbarlar har xil bo'ladi. Ammo, har qanday holatda ham inson faktori yuqori darajada qolishi kerak. Xudoga shukur klubimiz rahbarlari inson faktorini birinchi o'ringa qo'iyshadi. Mening fikrimcha, murabbiyga vaqt berish kerak. Mana hozirda Diyor Imomxo'jaevning tashabbusi bilan murabbiylar ozgina himoya qilinyapti. Agar klubning o'zi ishdan bo'shatsa kompensaciya to'laydi. Aslida ham shunday bo'lishi kerak. Bo'lmasa natija ko'rsataman deb har baloga qo'l urishadi. SHundagina murabbiy imzosi ko'zga tashlanadi, izlanadi, ilmiy tomonlama yondashadi.

- Eshitishimizga qaraganda bir qancha muxlislar sizni "Neftchi"ga qaytishingizni istayotgan ekan. CHunki, Yuriy Sarkisyandan so'ng eng yuqori natija sizning murabbiyligingizda qo'lga kiritilgan, 2015 yilgi mavsumda "Neftchi" Oliy ligada beshinchi o'rinni egallagan, hattoki sovrindorlar qatoriga kirishga ham yaqin kelgandi...

- Agar muxlislar yodga olib kamtarona mehnatlarimizni etirof etishgan bo'lsa xursandman. "Neftchi"ga befarq emasman. Agar bu jamoa Superligada o'ynasa juda xursand bo'laman. Ha, o'shanda yomon natija qayd etmagan edik. Ancha ishlarni yo'lga solgandik. Afsuski, biroz vaqt etishmagandi.

- Taklif tushsa sobiq jamoangizga qaytishni o'ylab ko'rasizmi?

- Bu borada o'ylab bo'lganman. Juda ko'p narsalarni o'zgartirishga to'g'ri keladi. Bu esa ko'pchilikka yoqmasligi mumkin. Lekin, biz futbolni rivojlantirishni istasak bu ishlarni qilishimiz lozim. Ayni payt "Neftchi"da yaxshi mutaxassislar faoliyat olib bormoqda, ularga ishonish kerak. Men birov ishlayotgan joyga bosh so'qmayman. Samimiy aytaman ilohim o'zlari jamoani Superligaga olib chiqib ishlashsin. Agarda yordamim kerak bo'lib qolsa avvalo "Turon" klubi rahbarlari bilan gaplashaman. CHunki, ularni hurmat qilaman.

- O'shanda yaxshi natija qayd etgan va mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazgan "Neftchi"ni tark etib Qo'qonga yo'l olishingizga nima sabab bo'lgan? O'shanda jamoani saqlab qolib yanada shakllantirish mumkin edi. Yoki homiylar va rahbarlar tomonidan qo'llab-quvvatlash etarli darajada bo'lmaganmi? Odatda bunday holatlarga futbolimizda juda ko'p duch kelamiz...

- Etibor bo'lmagan deya olmayman. Faqat biroz susaygan edi. Futbolchilardan 5-6 o'yinga beriladigan mukofot pullaridan qarzimiz bor edi. Lekin, maoshlar vaqtida berilardi. Gap boshqa yoqda edi, meni xatoim o'z jamoamni yig'a olmaganim va ishonuvchanligim bo'lgan. "Turon"ning kuchi nima ekanligini bilasizmi? Birdamlikda va halollikda. Isroiljon ukamiz borlar, jamoaga kuyib pishib yordam beradilar. Hamma birdek jamoani yaxshi ko'radi.

- Hozirga kelib qaysi jamoada o'zingiz istagandek ishingizdan zavq olib rohatlanib xotirjam faoliyat olib borgansiz? Ko'nglingiz to'lib ishlagan jamoangiz qaysi?

- "Turon" deb aytgan bo'lardim. CHunki, bu erda hamma yagona maqsad sari intilyapti. Qo'qonda ham yaxshi ish boshlagan edim. Baxtiyor aka Tolipov jamoaga yaxshi qaraganlar. Afsuski, u paytda meni soyam bor edi. Qaerga borsam ortimdan kelardi.

- Futbolimiz ortda qolmoqda, avval bunday edi, avval unday edi degan gaplar har qadamda uchraydi. Bugungi kunda futbolimizni o'zgartirishi mumkin bo'lgan omil nima?

- Futbolda to'xtab turib harakat qilib bo'lmaydi. Yoki oldinga yurishingiz kerak yoki ortga ketasiz. Futbolni o'zgartirish uchun juda ko'p omillarga etibor berish zarur. Birinchidan bolalar futbolini isloh qilish kerak. Bu borada hozirda yaxshi mutaxassislar ish boshlashdi. Klublarimizni infratuzilmasini rivojlantirishimiz kerak. Maydonlarimizni alo darajaga keltirishimiz ham muhim. Kechirasiz, Superligamizni ayrim klublarining maydonlari umuman yaramaydi. Falon pulga uni buni olib kelish o'rniga ichkarini to'g'irlaylik, ozgina nafsimizni tiyib turib bazamizni o'nglaylik. Oldi qochdi gaplar bilan hammani aldab yurmasdan futbolchilarga sharoit yaratib beraylik. Yoshlar bilan ishlaydigan murabbiylarimizni o'qitishimiz lozim. Ular ham o'z o'rnida pulni  ortidan quvmasdan o'qishsin, izlanishsin. Yana holislik, "Neftchi" bo'ladimi, "Paxtakor" yoki "Nasaf" farqi yo'q, kim kuchli bo'lsa o'sha yutsin. Sport principi bo'lishi kerak-ku. Evropaga keladigan bo'lsak, ulardan ham yaxshi narsalarni o'rgansa bo'ladi. Ammo, real hayotimizga nazar solib intilishimiz shart. Inson qilgan ishni inson qila oladi, faqat xohish bo'lsa bas.

- "Turon" klubida bolalar va yoshlar murabbiylarining darajasi, saviyasini oshirish maqsadida qanday ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan?

- Birinchi navbatda licenziyaga o'qitamiz. Akademiya ochilsa yaxshi murabbiylarni jalb qilib o'zimizning mutaxassislarni ularga biriktirib qo'yamiz. Buning ham o'ziga yarasha talablari bor. Murabbiylarimiz yomon emas. Ammo, talab shunday. Biz rivojlanmoqchimiz. O'ylaymanki, hali akademiyamiz eng zo'rlaridan biri bo'ladi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi. 

Suhbatni tashkil qilishda "Turon" klubi matbuot xizmatiga minnatdorchilik bildiramiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика