So’nggi yangiliklar

21:28Конференциялар лигаси саралаши финали. "Крайова" - "Истанбул Башакшехир" баҳси асосий таркиблари маълум!  4 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  3 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  2 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  17 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  1 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  64 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  5 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   12 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  26 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  4

Futbolchi maydonga tushmay o'z jamoasi darvozasiga penalti olib keldi Yangiliklar

Futbolchi maydonga tushmay o'z jamoasi darvozasiga penalti olib keldi

Teglar :  VAR
Juma kuni ikkinchi Bundesligada "Xolshtayn Kil" "Boxum"ni qabul qildi.

Mezbonlar hisobni ochishdi, ammo birinchi bo'lim oxirida zaxiradagi futbolchining ahmoqona xatosi tufayli gol o'tkazib yuborishdi.


Nima?


Ha, to'g'ri o'qidingiz - aynan zaxira futbolchisi tufayli.


"Xolshtayn"ning 23 yoshli futbolchisi Mixael Ebervayn boshqa futbolchilar bilan o'z jamoasi darvozasi ortida chigalyozdi mashqlarni bajarayotgan edi. Bu vaqtda "Boxum" forvardi Silver Ganvula to'pni o'ziga to'g'irlab, jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi, ammo u kutilganidek bo'lmadi. To'p maydonni tark etayotgan bir paytda Ebervayn (zaxiradagi) uni chiziq ustida to'xtatib qoldi.


Uchrashuv bosh hakami Timo Gerax nima bo'lganini payqamadi, ammo ikkinchi Bundesligada VAR bor. Videoassistentlar vaziyatni qayta ko'rib chiqishdi va Ebervayn qoida buzganini malum qilishdi. Gerax videoni o'zi tomosha qildi va "Xolshtayn" darvozasiga penalti belgiladi.

Noaniq zarba sohibi Silver Ganvula penaltidan gol urishga muvaffaq bo'ldi.


"Qoida bo'yicha bu to'g'rimi?" deyapsizmi? Albatta, hakam haq edi. Qoidalarga ko'ra, agar "o'yin jamoaning almashtirilgan, chetlatilgan yoki zaxiradigi futbolchisi tufayli to'xtatilsa bahs jarima zarbasi yoki penalti orqali davom ettiriladi". Ebervayn to'pni o'z jarima maydonchasi ichida to'xtatdi, shu sababli 11 metrlik jarima zarbasi qo'yildi.


Mezbonlarning baxtiga jamoa bahsni 2:1 hisobida yakunladi. "Xolshtayn"da debyut qilishga ulgurmagan Ebervayn esa faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика