Franciya terma jamoasi darvozaboni: "Paragvay bilan hisob kitobimiz bor"
27 sen 20:21
Yangiliklar
Franciya terma jamoasi darvozaboni: "Paragvay bilan hisob kitobimiz bor"
Jahon chempionati 1/8 final doirasidagi Tailand - Franciya (2:5) uchrashuvdan so'ng Franciya terma jamoasi darvozaboni Fransis Lokoka saytimizga kichik intervyu berdi.
"Tailand - ajoyib jamoa ekanligini yana bir bor isbotladi. Bugun biz g'alaba qozondik va ajoyib o'yin o'tkazdik. O'yindan avval faqatgina g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz deya niyat qilgandik, yakunda o'z maqsadimizga erishdik. CHorak final bosqichi yaxshi natija deb o'ylayman. Keyingi bosqichdagi raqibimiz Paragvay. Biz so'nggi ikki yil ichida Paragvayga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazgandik va bu jamoaga mag'lub bo'lgandik. Ular bilan hisob kitobimiz bor. Bu safar esa mundialda to'qnash keladigan bo'ldik. Ikki jamoaning ham imkoniyatlarini teng baholayman. Olg'a, Franciya" - deya fikr bildirdi Franciya terma jamoasi darvozaboni Fransis Lokoka.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
Fikrlar