Franciya prezidentining turmush o'rtog'i Dide Deshamga kutilmagan savol berdi
24 jan 2024 15:41
Yangiliklar
Franciya prezidentining turmush o'rtog'i Dide Deshamga kutilmagan savol berdi
Ayollarning futbolga u qadar qiziqmasligining oqibati bu.
Franciya prezidenti Emmanuel Makronning turmush o'rtog'i Brijit xayriya tadbirlaridan birida Dide Deshamdan nima uchun "Reyms" hujumchisi Junya Itoni Franciya terma jamoasiga chaqirmayapsiz deb so'radi. Desham kulib qisqa javob berdi: "CHunki u yaponiyalik".
Malumot uchun, 30 yoshli Ito bu mavsum "Reyms" safida 17ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi ayni paytda Yaponiya milliy terma jamoasi safida Qatardagi Osiyo kubogida ishtirok etmoqda. Umumiy hisobda Ito terma jamoasi safida 53ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan va 17ta golli uzatma bergan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar