So’nggi yangiliklar

14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  18 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3

Fotomaqola: "Lokomotiv" - "Paxtakor" 1:3 Yangiliklar

Fotomaqola: "Lokomotiv" - "Paxtakor" 1:3

Yilning markaziy o'yiniga ko'pchilik guvoh bo'ldi. Biz esa odatga ko'ra eng sara suratlarni etiboringizga taqdim etamiz.




Uchrashuvni boshqargan hakamlarga ikki jamoa ham etiroz bildirmadi. Ammo umumiy qilib olganda, ular o'zimizning hakamlardan bir kalla ustun emaslar. O'zimizda FIFA hakamlari turganda, chetdan legioner hakam olib kelish to'g'ri bo'lmasa kerak. Qolaversa, bu chempionatga nisbatan FIFAda ham shubha uyg'onishi mumkin bo'ladi. SHuning uchun Kubok finalini o'zimiznikilar boshqara qolgani yaxshi. Faqat ikki jamoa o'zaro kelishib olsa bo'lgani, yani ochiq o'yin qilishga.




O'yin boshlangan ham edi-ki, Krimec kalla "qo'ydi". 0:1. Tarixga nazar tashlasak, oliy ligadagi eng tezkor gol aynan mana shu jamoalar o'rtasidagi bahsda qayd etilgan. 2008 yil "JAR"da bo'lib o'tgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" bahsida "temiryo'lchilar" legioneri Everton adashmasam, 8-soniyada Nesterov darvozasini ishg'ol qilgandi. 




Aka-uka Tojievlar to'p uchun kurashishyapti. Kechagi o'yinda Farhoddan farqli ravishda Kamoliddinning o'yini qovushdi.




Lobanov himoyachilarga baqiryapti. Farhod esa yarim himoyachilarga. O'yin juda asabiy kechdi, afsuski, bunday o'yinlar soni juda-juda kam.




O'zbekistondagi har tomonlama legioner maqomiga javob beruvchi kamdan kam futbolchilardan biri. Uzoq tanaffusdan so'ng Boyan qaytdi.




SHaxsiy fikrim, O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga chaqirilishi kerak bo'lgan eng kerakli hujumchilardan biri bu - Alisher SHog'ulomov. Kecha kun qahramoni bo'lishi mumkin edi, afsuski, uning darvozaga yaqin masofadan bergan zarbasi qiyshiq ketdi. Aks holda, hisob 2:2 ko'rinish olishi mumkin edi.





Bu golga tarif: - "FINISH!"




Balki Soliev yil davomida maydonda ko'rinmagan bo'lishi mumkin, ammo o'z tajribasi bilan yoshlarni kuchaytira oldi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика