So’nggi yangiliklar

18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" 2:0 (матнли трансляция)  2 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  8 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  14 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  117 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  6 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4

Fotomaqola. Bangladeshga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlandi Yangiliklar

Fotomaqola. Bangladeshga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 12:30da O'zbekiston terma jamoasining mashg'ulotlari boshlandi.
Kechagi o'yin ortda qoldi. Futbolda avvalgi o'yinni unutmasdan turib, yangisiga tayyorgarlik ko'rish qiyin. Buni Mirjalol Qosimov mashg'ulot avvalida yana bir bor futbolchilarga takidlab o'tdi.



  • Futbolchilar ham Gonkong bilan o'yinni unutishlari lozim, qolgan o'yinlarda g'alaba kutamiz


Afg'oniston terma jamoasi hali mashg'ulotlarini tugatmaganligi boisdan futbolchilarimiz biroz kutib qolishga majbur bo'lishdi. Ammo ular zerikib qolmadilar. CHa Pa laqabli it bilan o'ynashdi. Ha endi bu o'zimizning CHapani koreyscha nomida.




Bu it umrida buncha etiborni ko'rmagan bo'lsa kerak


Kecha o'yin bo'lib o'tganligi va mashg'ulot ancha erta boshlanganligi uchun futbolchilarimiz to'liq kuchlarini tiklab olmagan edilar. SHuning uchun mashg'ulotlar biroz engil o'tdi. Kecha o'ynaganlarning aksari alohida shug'ullandi.




  • Bundan oldingi rasmni qo'yardim-ku.... Agar jamoamiz chempion bo'lsa qo'yaman, kadr orti hangomalari bo'ladi. Rasmni qo'ydirish uchun ham Sardor har o'yinda gol ursa ajab emas... "Ey qulog'i chandiq qiz..." Uzr, buni faqat uch kishi tushunadi.


Bir guruh yigitlar bilan SHuhrat Maqsudov ishladi. Jami to'rtta jamoa ikki nafar futbolchidan oyoqda voleybol o'ynadilar. Rashidov - Isroilov juftligi hammadan ko'p g'alaba qozonishdi. Hoshimovga To'xtaxo'jaev tandem, Sergeev Krimec ikkisi edi. Kozak esa SHuhrat Maqsudov bilan o'ynadi.




Qiziqarli ko'rinishdagi mashqlardan biri


SHu tariqa terma jamoamizning navbatdagi mashg'ulot ham yakuniga etdi. Qolgan suratlarni quyida tomosha qiling. Ertangi mashg'ulot, Toshkent vaqti bilan tonggi 7:00da bo'ladi. 


Nodirxo'ja Yuldashev


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика