Florentino Peres: "Modrichni sotib olish mumkin, faqat 750 mln evroga"
03 avg 2018 13:06
Yangiliklar
Florentino Peres: "Modrichni sotib olish mumkin, faqat 750 mln evroga"
"Real" prezidenti Florentino Peres klub yarim himoyachi Luka Modrich jamoani tark etishi haqidagi gaplarga chek qo'ydi.
Jamoa rahbariyati ham, futbolchi va uning vakillari ham 32 yoshli yarim himoyachi Madridni tark etishi borasidagi gap-so'zlarni rad etishdi.
"Real" xorvatiyalik transferi borasidagi takliflarni ko'rib ham chiqmaydi. Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchi xizmatlariga Milanning "Inter" klubi jiddiy qiziqayotgani xabar qilingandi.
"Modrichni sotib olishning yagona yo'li – shartnomada belgilangan 750 million evroni to'lash", – qayd etadi Peres.
Futbolchi ham Madridda barchasidan qanoatlanmoqda. Yaqin kunlarda u mashg'ulotlarga qaytadi va Evropa Superkubogi uchun "Atletiko"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar