"Real Sosedad" o'ziga rasman yangi murabbiy topdi
21 dek 16:28
Yangiliklar
"Real Sosedad" o'ziga rasman yangi murabbiy topdi
O'yinning birinchi bo'limi yakunida Takefusa Kubo mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo'lsada, "Sosedad" 20-o'rindagi jamoani mag'lub etishni uddalay olmadi. 90+4-daqiqada Adrian de la Fuente penaltidan unumli foydalanib, Ion Ansotegi boshchiligidagi jamoani g'alabadan quruq qoldirdi.
Mazkur durangdan keyin ham "Levante" 20-pog'onada qoldi, "Real Sosedad" esa 17 ochko bilan 16-o'rinda va jamoani xavfli zonadan 2 ochkogina ajratib turibdi. Ehtimoliy darajasi juda past bo'lsada, mabodo, bugun "Jirona" o'z maydonida "Atletiko Madrid"ni engib qo'ysa, san-sebastyanliklar 17-pog'onaga tushadi. 
Klub rahbariyati bunday natijalardan qoniqmayotgani turgan gap, shu sababli bu turdagi omadsizlikdan so'ng, jamoa bosh murabbiyi alishtirildi. Endilikda jamoa boshqaruvini amerikalik-italiyalik mutaxassis Pellegrino Mataracco o'z qo'liga oldi. Bu haqida klub matbuot xizmati o'zining X (Tvitter) tarmog'idagi rasmiy sahifasi orqali elon qildi.
28 noyabr sanasida 48 yoshni qarshilagan Mataracco bungacha Germaniyaning "Nyurnberg", "Xoffenxaym" va "Shtutgart" klublari faoliyat olib borgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar