So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон ва Россия афсоналари учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 16:49Суперлига. 19-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", ОКМК, "Андижон" ва "Хоразм"да йўқотишлар бор  0 16:24"Ньюкасл" А Сериядан Исакка ўринбосар топди  0 15:55"Ньюкасл" Исакни жаримага тортади  0 15:32"Футбол олами". "Нефтчи" - "Насаф"ни мағлуб этди, водий дербисида "Андижон" "Навбаҳор"га ютқазди  1 15:29"Динамо" дарвозасига белгиланмаган пенальти, "Сурхон"нинг ҳисобга олинмаган голи. Суперлиганинг 18-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  1 15:08Франк Рибери, Роберто Карлос, Каннаварро, Матерацци ва бошқалар Ўзбекистонга келмоқда   9 15:05Каземиро "Манчестер Юнайтед" янги мавсумда АПЛ чемпионига айланади деб ҳисобламоқда  13 14:43Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧда қайси бренд либосларидан фойдаланиши маълум  48 14:27Элит ОЧЛга қуръа ташланди: "Насаф" "Ал Иттиҳод" билан сафарда ўйнайди, "Трактор" ва "Ал Ҳилол"ни Қаршида меҳмон қилади  25 13:30Мак Аллистер Англия чемпионлигини қўлга киритиш Чемпионлар Лигасида ғалаба қозонишдан кўра қийинроқ эканини айтди  7 13:02ПФЛ техникаси водийнинг 4 та шаҳрида синовдан муваффақиятли ўтди  1 12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  39 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0

FIFA sovrini. Eng yaxshilar haqida bilishimiz kerak bo'lgan beshta narsa Yangiliklar

FIFA sovrini. Eng yaxshilar haqida bilishimiz kerak bo'lgan beshta narsa

SHu yilning 23 oktyabr kuni Londonda FIFA 2017 yilgi mavsumning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazadi. Bunda 9ta nominaciya bo'yicha eng yaxshilar aniqlanadi.

FIFA ovoz berish jarayoni boshlanishiga kam vaqt qolayotgan bir paytda hamma etibor berishi kerak bo'lgan beshta narsani eslatib o'tdi. 

Birinchi bilishimiz kerak bo'lgan narsa - Nominaciyalar

Albatta, hozirdanoq sovrinlarni kim yutishi malum emas, ammo har bir yo'nalish bo'yicha davogarlar etarlicha. Dastlab qaysi yo'nalishlar bo'yicha eng yaxshilar aniqlanishini keltirib o'tsak. (Bularning hammasi FIFA tasnifiga ko'ra amalga oshiriladi). 

1. 2017 yilning "Eng yaxshi erkak futbolchisi"

2. 2017 yilning "Eng yaxshi ayol futbolchisi"

3. 2017 yilning "Eng yaxshi erkaklar murabbiyi"

4. 2017 yilning "Eng yaxshi ayollar murabbiyi"

5. 2017 yilning "Eng yaxshi darvozaboni" (bu sovrin yangi qo'shildi)

6. 2017 yil Pushkash sovrini sohibi (Eng chiroyli gol egasiga beriladi) 

7. 2017 yil "Feyr pley" sohibi 

8. 2017 yil "Muxlis" sovrini 

9. 2017 yilning ramziy terma jamoasi 

Ikkinchi bilishimiz kerak bo'lgan narsa - Amaldagi g'oliblar 

Yakuniga etgan 2016 yilgi futbol mavsumi uchun taqdirlash marosimi 9 yanvar kuni Cyurixda bo'lib o'tgandi. Navbatdagisi Londonda tashkil etiladi va shu paytgacha bo'lib kelgan 8ta yo'nalish o'rniga to'qqizinchisi ham qo'shilgan. Yani, bu yil "Eng yaxshi darvozabon" nomi ham elon qilinadi.

SHu o'rinda 2016 yilning eng yaxshilarni yodga olib o'tamiz. 

Krishtianu Ronaldu - Eng yaxshi futbolchi 

Karli Lloyd - Eng yaxshi ayol futbolchi 

Klaudio Raneri - Eng yaxshi murabbiy 

Silvia Neyd - Eng yaxshi ayol murabbiy 

Mohd Faiz Subri - Pushkash sovrini sohibi 

"Atletiko Nasonal" -  "Feyr pley" sohibi

"Borussiya Dortmund va "Liverpul" muxlislari - Eng yaxshi muxlislar 

Ramziy terma jamoa: Manuel Noyer, Dani Alvesh, Xerard Pike, Serxio Ramos, Marselo, Luka Modrich, Toni Kroos, Andres Inesta, Lionel Messi, Luis Suares, Krishtianu Ronaldu. 

Uchinchi bilishimiz kerak bo'lgan narsa - Sovrin 

Eng yaxshi murabbiy va futbolchiga topshiriladigan sovrin platinadan yasalgan bo'lib, og'irligi 6,4 kg. ni tashkil etadi. Uni xorvatiyalik sanatchi Ana Birbich yasagan. Sovrinning uzunligi 31 sm. 

To'rtinchi bilishimiz kerak bo'lgan narsa - SHahar 

O'tgan mavsumda eng yaxshilar Cyurixda aniqlangandi, bu gal taqdirlash marosimi Londonda bo'lib o'tadi. Malumki, Angliya futbol vatani hisoblanadi, shu bois FIFA rahbarlari Londonni maqul ko'rishdi. 

Beshinchi bilishimiz kerak bo'lgan narsa - Ovoz berish jarayoni 

Albatta, ovoz berish jarayoni qay tartibda bo'lib o'tishi ko'pchilikka qiziq. Yangilik sifatida shuni aytish mumkin, bu yildan muxlislar ham ovoz bera olishadi. Muxlislar uchun ovoz berish jarayoni FIFA.com saytida amalga oshiriladi. Ovoz berishga nomzodlar ro'yxati 17 avgust kuni elon qilinadi. Ovoz berish jarayoni 21 avgustdan 7 sentyabrga qadar davom etadi.

Agar ovoz berishni 100 foiz deb oladigan bo'lsak, ovoz berish to'rt soha vakillari o'rtasida 25 foizdan teng taqsimlanadi. 

Milliy terma jamoalar sardorlari - 25 foiz 

Milliy terma jamoalar bosh murabbiylari - 25 foiz 

OAV xodimlari - 25 foiz 

Muxlislar - 25 foiz 

SHuningdek, muxlislar sayt orqali Pushkash nomidagi eng chiroyli golga va eng yaxshi muxlislarga ham ovoz berishlari mumkin. "Feyr pley" bilan "Eng yaxshi darvozabon"ni, shuningdek yilning ramziy terma jamoasini aniqlash esa to'liq FIFA ekspertlari zimmasidagi ish hisoblanadi. 

Quyida 2016 yilning Eng yaxshilarini taqdirlash marosimidan fotosuratlarni etiboringizga havola etamiz. 









Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика