So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  4 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  52 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Terma jamoalarning yangilangan reytingida Braziliya peshqadamlikni, O'zbekiston amaldagi o'rnini saqlab qoldi Yangiliklar

Terma jamoalarning yangilangan reytingida Braziliya peshqadamlikni, O'zbekiston amaldagi o'rnini saqlab qoldi

Braziliya JCH-2022 yakunida FIFA reytingidagi birinchi o'rnini saqlab qoldi.

Braziliyaliklar chorak final bosqichida Xorvatiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunlagandi.

JCH-2022 g'olibi Argentina terma jamoasi bo'ldi, janubiy amerikaliklar bir pog'onaga yuqorilab, FIFA reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Belgiya esa ikki pog'onaga tushib ketdi. Angliya beshinchi o'rinda qoldi, Niderlandiya esa ikki pog'ona yuqorilab, oltinchi o'ringa ko'tarildi.

Xorvatiya besh pog'ona yuqorilab, 12-o'rindan ettinchi o'ringa ko'tarildi. Italiya ikki pog'ona pastlab, sakkizinchi o'ringa tushib ketdi. Portugaliya to'qqizinchi o'rinda qoldi, Ispaniya esa uch pog'ona pastladi.

Marokash va Avstraliya reytingda 11 pog'onaga ko'tarilib, o'zlarining eng yaxshi ko'rsatkichlariga erishdi. 

O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyidagi singari 77-o'rinni saqlab qolgan holda Osiyoning 10-jamoasi bo'lib turibdi.

FIFA reytingi quyidagicha ko'rinish oldi:

1. Braziliya;

2. Argentina;

3. Franciya;

4. Belgiya;

5. Angliya;

6. Niderlandiya;

7. Xorvatiya;

8. Italiya;

9. Portugaliya;

10. Ispaniya;

11. Marokko;

12. SHveycariya;

13. AQSH;

14. Germaniya;

15. Meksika;

16. Urugvay;

17. Kolumbiya;

18. Daniya;

19. Senegal;

20. Yaponiya.


Osiyo

1. Yaponiya

2. Eron

3. Janubiy Koreya

4. Avstraliya

5. Saudiya Arabistoni

6. Qatar

7. Iroq

8. BAA

9. Ummon

10. O'zbekiston

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика