So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  1 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  7 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  2 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  1 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7

Fevzi Davletov: "Oddiy vaziyatlarda xatolarga yo'l qo'ydik" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Oddiy vaziyatlarda xatolarga yo'l qo'ydik"

Superliga 1-turi doirasidagi "Surxon" - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Oddiy vaziyatlarda xatolarga yo'l qo'ydik. Vaziyatni to'g'rilashga harakat qilayotgan vaqtimizda yana xato qildik va gol o'tkazib yubordik.

- "Surxon" jamoasi bugun o'ziga o'hshamadi va juda yomon o'yin o'tkazdi. Bunga sabab nima?

- Koncentraciyani ushlay olmadik. O'yindagi dastlabki 10-15 daqiqa hushyor bo'lishimiz kerak edi. Ikkinchi bo'limda ham xuddi shunday holat ro'y berdi. Bo'lim boshlanishida etiborli bo'lish juda muhim, biz esa yana xato qildik va gol o'tkazib yubordik. Koncentraciyani yo'qotganimiz sabab bugun shunday natija qayd etildi.

- Yangi mavsum endi boshlandi. "Surxon" jamoasi joriy mavsum o'z oldiga qanday maqsadlar qo'ydi?

- Maqsadimiz o'tgan yilgi o'yin sifatini saqlab qolish. Joriy mavsum ko'p jamoalar o'sishga erishdi. O'tgan mavsumda ko'pchilik bizdan bunday ishonchli o'yinni kutmagandi, yangi mavsumda esa barcha jamoalar bizga qarshi puxta tayyorgarlik ko'rishmoqda.

- Mavsum boshlanishiga kam vaqt qolganda jamoaga kelib qo'shildingiz. Tarkibdan ko'nglingiz to'lmoqdami? Jamoani to'liq o'rganib olishga vaqtingiz etarlicha bo'ldimi?

- Ha, jamoaga kech qo'shildim. Bor vaqtdan imkon qadar unumli foydalanishga harakat qildim. Tarkibni yanada kuchaytirishimiz kerak. Murabbiylar shtabi bilan ishlashda davom etamiz va qiyinchiliklardan qo'rqmaymiz.



Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика