So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  5 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Fevzi Davletov: "Artyom Potapov "Surxon" bilan shug'ullanmoqda. Uning kelajagi borasida aniq to'xtamga kelamiz" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Artyom Potapov "Surxon" bilan shug'ullanmoqda. Uning kelajagi borasida aniq to'xtamga kelamiz"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Fevzi Davletov fikrlarini bildirdi.

"Birinchi o'rinda yigitlarni va muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'limda biroz tetiklik va tezlik etishmadi. Yigitlarga qanotlarni ishga solishni aytdik. Raqib ko'proq markazga etibor berayotgandi. "Metallurg" bizni yaxshi o'rgandi va ikkinchi zonada kutib oldi. Qarshi hujumga o'tishga intildi. Ikkinchi bo'limda qizil kartochkadan so'ng bir kishi kam bo'lib qoldik. Futbolchilar kerakli xulosalarni chiqarishdi. O'ylaymanki, yaxshi o'yin va dars bo'ldi",- deydi Fevzi Davletov. 

- "Surxon" bir kishi kam holatda ham xarakter ko'rsata oldi. Bunday pallada ikkita narsa bosh planga chiqadi: murabbiy taktikasi va jismoniy ustunlik. Sizlarda qaysi biri o'xshadi?

- Raqib yuqori pressing qilganida bizga qiyin bo'lardi. Ular bizga engillik yaratib berishdi. Hujum qilishga ham imkoniyat berdi. Jarima zarbasida ham shunday holat.

- Jurnalistlar uchun ajratilgan xududda birinchi bo'limda Davletov aut deb  baqirib o'tirishdi?

- Buni etiborga olish kerakmas. Hamma o'z ishini qilgani yaxshi. Futbol 90 daqiqa o'ynaladi. 

- Avvalgi matbuot anjumanida Silvanus Nimeli masalasiga nuqta qo'yildi. Artyom Potapov borasida ham yakuniy qaror qabul qilindimi?

- U jamoa bilan shug'ullanmoqda. Oldinda uning kelajagi haqida aniq to'xtamga kelamiz. Hammasi uning o'ziga bog'liq. Jamoada qolishni istaydimi yoki yo'q kabi detallar bor. Birinchi davra yakunlanishiga yana 2 ta o'yin qoldi. SHundan so'ng malum bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика