So’nggi yangiliklar

19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  4 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  6 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  10 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  0 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  9 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  6 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  2 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  20

Feruz Fahriddinov: "Paxtakor" futzal jamoasi yuqori o'rinlar uchun kurashadi" Yangiliklar

Feruz Fahriddinov: "Paxtakor" futzal jamoasi yuqori o'rinlar uchun kurashadi"

Futzalchi Feruz Fahriddinovni ko'plab o'quvchilarimiz yaxshi tanishadi.

2016 yil Toshkentda o'tgan futzal bo'yicha Osiyo chempionati yarim finalida Tailand bilan bahsda penaltilar seriyasida hal qiluvchi gollardan birini urgan Fahriddinov ko'p yillar davomida "Do'stlik-AIN" sharafini himoya qildi. Bu mavsumni u Toshkentning "Paxtakor" klubida boshladi. Biz dastlabki ikki tur o'tgach futzalchi bilan intervyu qilishga qaror qildik.


- "Paxtakor"ga o'tish qanday amalga oshdi?

- "Do'stlik-AIN" klubi bilan shartnomam tugagach "Paxtakor"dan taklif tushgach toshkentliklar safiga o'tishga rozi bo'ldim. Yangi mavsumga yangi jamoa safida yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Umid qilamanki "Paxtakor" safida katta yutuqlarni qo'lga kiritamiz.

- Sobiq klubingiznin keyingi taqdiri nima bo'ldi?

- "Do'stlik-AIN" jamoasining ko'plab futzalchilari turli klublarga o'tishdi va asosiy yosh o'yinchilar qoldi. Ushbu jamoa bu yildan "Nasaf"ga aylantirildi.

- Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati yangi formatga o'tdi. Bunga qanday qaraysiz?

- Qanday format bo'lsa ham bizning vazifamiz tushib futzal o'ynash. Oldinlari bitta tur bitta shaharda o'tkazilardi. Bu yildan esa har bir tur uy-safar tizimida o'tmoqda. Bir klub bilan ikki kun ichida ikki bor o'ynamoqda. Bu esa yurtimizda futzal muxlislarining ko'payishiga xizmat qiladi deb o'ylayman.


- "Paxtakor" futzal jamoasi haqida o'quvchilarimizga malumot bersangiz.

- "Paxtakor" tarkibi bu yil tajribali futbolchilardan tashkil topgan. Akmal Xazratqulov, Ravshan Eliboev, Dilshod Irsaliev, Maqsud Fayzullaev. Jamoadgi yosh futzalchilar bularga qarab o'sishadi va kelajakda terma jamoa darajasiga chiqishlari mumkin.

- Bosh murabbiy haqida nima deya olasiz?

- Ravshan Rajabov jamoa uchun jon kuydiradi. Tarkibdagi barcha yigitlar bilan yaxshi munosabatda, barchaga imkoniyat beradi.

- Klub rahbariyatining futzal jamoasiga etibori qanday?

- Klub rahbariyati futzal jamoasiga yaxshi sharoitlar yaratib bermoqda. Hech qanday kamchilik yo'q. Biz ham shunga yarasha yaxshi natijalarga erishib ularning ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

- "Paxtakor"ning uy arenasi qaysi?

- Dastlabki uy o'yinimizni "Bunyodkor" zalida o'tkazdik. Bunga "Yoshlik" sport zali tayyor bo'lmagani uchun sabab bo'ldi. Keyingi turlardan uy uchrashuvlarini "Yoshlik"da o'tkazamiz.

- Mavsumni Buxoroda boshladingiz.

- Dastlabki turni mehmonda "Buxoro" bilan o'tkazdik. U erda biz ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman. Ammo mavsumdagi ilk uchrashuv bo'lgani, o'yinimiz u qadar qovushmagani uchun durang qayd etdik. Ertasi kuni ularni mag'lub etdik.

- Raqib haqida fikrlaringiz?

- "Buxoro" jamoasi yaxshi shakllangan jamoa. Sobiq "Kogon" klubi futzalchilari ayni paytda "Buxoro" sharafini himoya qilmoqda. Ular ko'plab klublarga bosh og'riq bo'la olishadi.


- "Buxoro"dan so'ng "Qo'qon-1912" bilan o'ynadinglar...

- Ha, ikkinchi turda "Qo'qon-1912"ni ikkala bahsda ham yirik 7:1 va 7:3 hisobida mag'lub etdik. Bu jamoa tarkibida futboldan futzalga o'tgan o'yinchilar ko'p ekan. Tajribali o'yinchilar ko'pchilikni tashkil etar ekan.

- Bu yilgi mavsumda qaysi klublar favorit deb o'ylaysiz?

- Superligada AGMK, "Metallurg", "Neftchi" va shu bilan birga "Paxtakor" klubi yuqori o'rinlar uchun kurash olib boradi deb o'ylayman.

- 3-turda vodiyga borasizlar...

- Ha to'g'ri. Keyingi turni Namanganda "Navbahor"ga qarshi o'tkazamiz. Raqibimiz yosh futzalchilardan tuzilganini bilamiz. Nasib qilsa Namangandan ikkita g'alaba bilan qaytishga urinamiz.  

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика