Ferdinand “Barselona”ga nega o'tmaganini oshkor qildi
09 apr 2020 19:40
Yangiliklar
Ferdinand “Barselona”ga nega o'tmaganini oshkor qildi
MYUning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand 2008 yil “Barselona”da paydo bo'lish ehtimoli bo'lganini haqida gapirdi.
“Barselona”ga juda yaqin edim. Agentim bilan muzokaralar o'tkazildi va men Frank Raykard bilan uchrashdim. Bu “Barselona”ga qarshi 0:0 oynaganimizdan keyin, tribuna ostidagi maxsus joyda bo'lgandi. Men doim xorijda o'ynashni xohlashim haqda aytardim, ammo vatanimdagi muvaffaqiyatlar meni to'xtatishi mumkin edi. “Manchester Yunayted”dek klubda o'ynash baxtiga muyassar bo'lgandim, u erni tark etishning deyarli imkoni yo'q edi.
Keyin esa biz “Barselona” to'sig'idan o'tib, CHempionlar Ligasida zafar qozondik. Xo'sh, nega qayta shakllanayotgan Evropaning eng kuchli jamoasini tark etishim kerak edi? O'sha vaqt, Xavi, Inesta va Messi 4 yildan keyingi darajasida emasdi”, deydi Ferdinand.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar