Farruh Sayfiev: "Paxtakor" maydonidagi bir ochkoning qadri mavsum oxirida bilinadi"
17 iyu 14:22
Yangiliklar
Farruh Sayfiev: "Paxtakor" maydonidagi bir ochkoning qadri mavsum oxirida bilinadi"
Namanganning "Navbahor" jamoasi kecha Superliganing navbatdagi turida Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'ldi. Murosasiz kechgan uchrashuvda jamoalar murosa ko'chasini tanladi.
O'yindan so'ng "lochinlar"ning tajribali futbolchisi Farruh Sayfiev fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, ulardan foydalanashimiz kerak edi. "Paxtakor" ham yoshlar bilan munosib to'p tepdi.
Superligada oson o'yin yo'q. Ko'rdingiz, "Nasaf" ham ochko yo'qotdi. Hamma futbol o'ynashni biladi. Hujum qilmagan taqdirda yaxshi himoyalansa, bir ochko naqd degani.
"Paxtakor" maydonida olingan bir ochkoning ahamiyati mavsum oxirida bilinadi. Keyingi uchrashuvlarda ularga omad tilayman", – deydi Farruh Sayfiev.
Fikrlar