So’nggi yangiliklar

02:42А Серия. "Комо" "Рома"ни мағлуб этди, "Милан" эса муҳим ўйинда мағлубиятга учради  3 01:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Кучли жамоа ютди. Янги мураббий келди ва тактикамиз ўзгарди"  4 01:44Стипе Перица: "Мавсумни соврин ва учта ғалаба билан бошлаш ёқимли"  1 01:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" – "Пахтакор" 1:0  1 01:16Ислом Исмоилов: "Мен ҳақимдаги ноўрин фикрларга меҳнатим ва натижа билан жавоб бераман"  32 01:09"Нефтчи" Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби! Тақдирлаш маросимидан эксклюзив ГАЛЕРЕЯ  6 01:04Фарруҳ Сайфиев: "Фарғона халқи учун биринчи Суперкубок"  1 00:43Ўзбекистон Суперлигаси: 4-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум бўлди  1 00:10Ла Лига. "Барселона" — "Севилья" 5:2  6 23:55АПЛ. "Ливерпуль" "Тоттенхэм"га қарши ўйиннинг 90-дақиқасида тўп ўтказиб юбориб, ғалабани қўлдан чиқарди  25 23:03Мбаппе "Реал"нинг Чемпионлар Лигаси 1/8 финалидан ўрин олган "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинида асосий таркибда майдонга тушмайди  16 22:51Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  22 22:10Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди  80 21:57Фоденнинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақида маълумот берилди  2 21:15Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.  231

Farg'onada zamonaviy talablar asosida futbol akademiyalari barpo etilmoqda Yangiliklar

Farg'onada zamonaviy talablar asosida futbol akademiyalari barpo etilmoqda

So'ngi yillarda yurtimizda futbol sport turining ommaviyligini oshirish, mahalliy yoshlarni futbol bilan shug'ullanishlarga keng sharoitlar yaratish maqsadida qator samarali ishlar olib borilyapti.

Jumladan, O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti Ravshan Ermatov va Farg'ona viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi vice-prezidenti Xayrullo Bozarov ishtirokida ko'rib chiqilgan "Neftchi" futbol klubining yangi va zamonaviy talablar asosida barpo etiladigan futbol akademiyasi loyihasi yuzasidan ayni kunlarda ishlar jadal tus olgan. 

Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadioni yondosh xududida tashkil etiladigan ushbu akademiya Evropa standartlari asosida jami 160 o'rin quvvatiga ega bo'ladi. Takidlash joiz, Ukraina futbolida katta tajribaga ega mutaxassis, sobiq murabbiy Igor Ivanovich Ximich ushbu “Neftchi” futbol akademiyasi direktori sifatida faoliyat yuritadi.

"Neftchi" futbol akademiyasi loyihasi yosh futbolchilarni zamonaviy sharoitlarda tarbiyalash, sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda viloyatda futbol tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda akademiya xududida o'quv binolari, yotoqxona, tibbiyot markazi, suniy va tabiiy maysalarga ega bo'lgan maydonlar qurilishi bosqichma-bosqich yakunlanmoqda.

Bundan tashqari, futbol akademiyasi direktori Ravshan Mirzakarimovning takidlashicha, viloyat futbol akademiyasida xam ishlar jadal olib borilmoqda. Eski "To'qimachi" stadioni o'rnida zamonaviy standartlarga mos bitta tabiy hamda bitta suniy qoplamali futbol maydonlari tashkil etilmoqda. Farg'ona viloyatida futbol infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan rejalar va takliflar ishlab chiqilib, ularni amalga oshirish bo'yicha O'zbekiston futbol associaciyasi va Farg'ona viloyati hokimligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida yo'l xaritasi rejalashtirilmoqda.

Reyting: +12   

Fikrlar

+2   
06 fev 12:16:32
Akbar Umarov
Mana bo'larkanku qoil
+2   
06 fev 11:41:54
Xojakbar Xaitov
Фундаментсиз иморат куриб булмайди Академия зур бупди Нефтчи мухлислари ни табриклиман
   
08 fev 13:14:27
Жалоладдин Мухаммадович✈
Xojakbar Xaitov foydalanuvchining fikriga javob berish
Фундаментсиз иморат куриб булмайди Академия зур бупди Нефтчи мухлислари ни табриклиман
Фаргона вилоятин хоким Эрматов билан турган одам
   
08 fev 13:13:55
Жалоладдин Мухаммадович✈
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Mana bo'larkanku qoil
Фаргона вилоятин хоким Эрматов билан турган одам
   
06 fev 19:38:00
Акмал Аляров
Хоким бува чемпионлик кунида сўзга чиқанида айтганди,
Фаргонани келажакда футбол марказига айлантирамиз деб худо хохласа ҳали буюк ишлар олдинда
   
06 fev 12:23:31
Akbar Umarov
Farg'onada Futbol Akademiyalarini chinakamiga kuchaytirishni hohlasalar eng birinchi galda Sergey Tokovni jalb qilishlari kerak.
   
06 fev 12:19:29
Zohidjon Usarov
Аслида ким академияни директори Химичми ёки Мирзакаримовми.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика