So’nggi yangiliklar

21:15BALLON D'OR-2025  4 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  2 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  16 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  4 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  4 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  4 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  35 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  10 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  5 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5

Farg'onada "Hokim kubogi" musobaqasi 23-yanvardan boshlanadi Yangiliklar

Farg'onada "Hokim kubogi" musobaqasi 23-yanvardan boshlanadi

Teglar :  Hokim kubogi
Farg'onada har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan "Hokim kubogi" musobaqasi 23-yanvar sanasidan start oladi.

 Ayni kunlarda Farg'ona viloyati futbol associaciyasi tomonidan musobaqada ishtirok etishni maqsad qilgan jamoalarni ro'yhatga olish ishlari olib borilmoqda. 

Futbol associaciyasidagi manbaning xabar berishicha, bu yilgi "Hokim kubogi" musobaqasi avvalgilaridan o'zgacharoq ko'rinishda bo'ladi. Xususan Farg'ona viloyati hokimligi musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoaga qimmatbaho sovg'alarni hozirlamoqda. SHuningdek, mazkur musobaqada Superliga, PRO-Liga, shuningdek qo'shni Qirg'iziston va Tojikiston davlatlaridan hakamlar jalb etilishi rejalashtirilgan.

Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, mazkur musobaqada vodiy klublaridan tashqari Toshkentning "Bunyodkor", Buxoroning "Buxoro",  jamoalari, shuningdek Tojikiston va Qirg'izistondan ham futbol klublari ishtirok etadilar. SHuningdek "Neftchi", "Qo'qon-1912", "Turon", "Andijon", "Istiqlol" kabi vodiy klublari ham har yilgidek ushbu musobaqada qatnashishlari malum bo'lgan. 

"Hokim kubogi" musobaqasida futbol uchrashuvlari "Neftchi" sport majmuasi maydoni, Farg'ona davlat universiteti stadioni, Farg'ona futbol mahorat maktabi o'yingohi va Quvasoyning "Cementchi" stadionlarida bo'lib o'tishi belgilangan. Bundan tashqari musobaqaning final uchrashuvini "Istiqlol" stadionida o'tkazish varianti ham ko'rib chiqilmoqda. 

Championat.asia ijodiy guruhi mazkur musobaqani to'liq hajmda yoritib borishni maqsad qilgan. Bizni kuzatishda davom eting!

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика