So’nggi yangiliklar

18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  4 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  15 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  5

“Farg'ona viloyati Hokimi Kubogi-2017” kundaligi: To'qqizinchi kun Yangiliklar

“Farg'ona viloyati Hokimi Kubogi-2017” kundaligi: To'qqizinchi kun

“Viloyat Hokimi Kubogi-2017” musobaqasining “S” va “D” guruhi vakillari oxirgi tur o'yinlarini o'tkazishdi.


“Viloyat Hokimi Kubogi-2017” musobaqasining “S” va “D” guruhi vakillari oxirgi tur o'yinlarini o'tkazishdi. Kecha musobaqada beshta uchrashuv bo'lib o'tdi.

 

“Toshloq”ning g'alabasi

“S” guruhidagi oxirgi turda “Toshloq” futbolchilari “Neftchi-2” vakillariga qarshi maydonga tushib, 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi. Ushbu uchrashuvda ham toshloqliklar etakchisi Doston Tursunzoda o'z hisobiga yana ikkita gol yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

photo_2017-02-03_17-03-49

“Toshloq” jamoasi musobaqaning kashfiyotlaridan biri bo'ldi, deyish mumkin.

Guruhning ikkinchi o'yinida esa “Yozyovon lochinlari” Marg'ilonning “Farovon” klubiga yutqazib qo'ydi. Natijada birinchi liga vakili o'z guruhida so'nggi o'rinni egalladi.

“Viloyat Hokimi Kubogi-2017”

“S” guruhi

5-tur

3 fevral

Farovon – Yozyovon – 2:1

Neftchi-2 Toshloq – 3:4

Yakuniy jadval:

Neftchi-2 4 3 0 1 13-8 9
Farovon 4 2 0 2 5-7 6
Barkamol avlod 4 1 2 1 11-11 5
Toshloq 4 1 2 1 7-7 5
Yozyovon lochinlari 4 0 2 2 7-10 2

 

“Mashal-2”da yana yirik g'alaba

Muborakliklar bu safar ham raqiblarini yirik hisobda tor-mor keltirishdi. “Mashal-2” so'nggi turda Sirdaryo yoshlar terma jamoasini 7:1 hisobida dog'da qoldirdi.

“Qo'qon-1912” yoshlari ham turnirni g'alaba bilan tugatishdi. Muhsin Nizomiddinov shogirdlari 12 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallashdi.

 

“D” guruhi

4-tur

“Qo'qon-1912-2” – “O'z Tong Xong Ko” – 2:0

Gollar: Islom Karimov, Dilshod Baratov.

“Qo'qon-1912-2”: 30. Islom Abdullaev, 20. SHoxrux Xolmatov, 15. Sardor Isaqov, 5. Doniyor To'lashev, 26. Dilshod Baratov, 7. Iqbol Malikjonov, 22.Orif Mamajonov, 27. Ismoil Oxunjonov, 88. Ibrohim Muxtorov, 8. Islom Karimov, 9. Doston Meliqo'ziev.
Zaxira: 1. Muhammadali Sobirov, 4. Sardor Baratov, 3. Mo'min Sodiqjonov, 23. Ramzbek Isaqov, 17. Rustem Asanov, 14. Ibrohim Ahmadjonov, 56. Dadaxon Sulaymonov.

“O'z Tong Xong Ko”: 1. A. Obabakirov, 18. J. Yuldashev, 77. A. Abdullaev, 3. F. G'ofurov, 13. A. Solioxunov, 5. A. Iminov, 25. B. Ismoilov, 8. A. Arziev, 21. I. Ahmedov, 19. A. Abduqodirov, 20. A. Yuldashev.
Zaxira: 22. I. Zuhriddinov, 22. M. Meliboev, 7. J. Ibragimov, 4. J. Nuriddinov, 10. A. Qahhorov, 15. E. Rahmatullaev, 23. S. Yuldashev.

Cementchi-2 – FarDU – 3:2

Mashal-2 – Sirdaryo yotj – 7:1

Yakuniy jadval:

Mashal-2 5 4 1 0 18-3 13
Qo'qon-1912-2 5 4 0 1 9-4 12
FarDU 5 2 1 2 10-7 7
Cementchi-2 5 2 0 3 8-11 6
O'z Tong Xong Ko 5 2 0 3 7-12 6
Sirdaryo yoshlar tj 5 0 0 5 4-18 0

 

BUGUN SO'NGGI YARIM FINALCHI MA'LUM BO'LADI

Bugun guruh bosqichining oxirgi o'yinlari bo'lib o'tadi. Avvaliga “Norin” va “Andijon” vakillari maydonga tushishadi. Kunning ikkinchi uchrashuvida “Mashal-1” – “Qo'qon-1912-1” jamoalari so'nggi yarim finalchi nomiga oydinlik kiritib berishadi.


“V” guruhi

5-tur

4 fevral

Norin – Andijon soat 11:00 FarDU SM

Mashal-1 – Qo'qon-1912-1 soat 14:30 FarDU SM

 

Abror DEHQONOV

 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика