So’nggi yangiliklar

10:40АПЛнинг сўнгги ўрнидаги жамоани мағлуб этолмаган Аморим нималар деди?  1 10:06Европанинг ТОП клубларига "Ал Ҳилол" футболчиси кeрак  0 09:38Роналду кечаги учрашувдан сўнг қисқа фикр билдирди  2 09:10Келаси мавсум Суперлига икки жамоасининг фарм клуби Пролигада иштирок этиши мумкин  3 08:42"Бухоро" директори ўз лавозимида қолади  3 08:19"Сурхон" уч нафар футболчи билан хайрлашди  5 03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  39 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  5 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  6 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  8 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  1 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  2 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  6

Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubi Birinchi liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubi Birinchi liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Teglar :  FarDU
Farg'ona davlat universitetining "FarDU" futbol klubi ortda qolgan 2023 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, Farg'ona viloyati Ikkinchi ligasida chempionlikka erishdi.

Mazkur natija futbol klubiga "Birinchi ligaga o'tish turniri" Farg'ona viloyati nomidan ishtirok huquqini berdi.

SHu yilning 4-12 dekabr kunlari Surxondaryo viloyatida bo'lib o'tgan "Birinchi ligaga o'tish turniri"da universitet futbol klubi musobaqaning 3-o'rini sohibi bo'ldi va o'z tarixida ilk bor Birinchi liga yo'llanmasiga ega chiqdi.

SHu munosabat bilan bugun Farg'ona davlat universiteting anjumanlar zalida klub vakillarini taqdirlash marosimi tashkil etildi. Marosimda so'zga chiqqan rasmiylar universitet futbol klubiga kelgusida ham omad va zafarlar yor bo'lishiga tilak bildirdilar. Xususan, Farg'ona davlat universiteti birinchi prorektori Zokirjon Rahimov "FarDU" klubining Birinchi ligadagi ishtirokini professional klublarga xos tarzda taminlash borasida rahbariyat tomonidan barcha zaruriy sharoitlar yaratib berilishini aytib o'tdi. Marosim davomida jamoa azolariga medallar va esdalik sovg'alari topshirildi.

Takidlash joiz, futbol klubi asosan talaba-yoshlardan shakllantirilgan. SHuningdek, jamoa tarkibida Otabek Zokirov, Hamidullo Abduhamidov, Riza Ayvazov, Alisher Pahrutdinov, Elyor Mamasoliev, Asilbek G'oyibjonov kabi taniqli nomlar ham bor. SHuningdek, jamoa bosh murabbiyi Farg'onaning "Neftchi" klubi afsonasi, "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi" unvoni sohibi Sergey Lebedev hisoblanadi.

Bekzod Tolibov, Farg'onadan Championat.asia uchun maxsus


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика