"Eybar"ga qarshi bahs oldidan "Barselona" ustozi matbuot-anjumanida ishtirok etdi
17 fev 2018 15:45
Yangiliklar
"Eybar"ga qarshi bahs oldidan "Barselona" ustozi matbuot-anjumanida ishtirok etdi
"Eybar" futbolchilari murabbiyning ko'rsatmalarini to'liq bajaradi va ayni damda ular juda yaxshi formada. Ular o'yinda ustunlik qilishga qodir va ushbu bahs biz uchun juda qiyin kechishi mumkin.
Biz hali hech narsa yutmadik. "Xetafe"ga qarshi o'yin (0:0) hali hamma narsa bo'lishi mumkinligini ko'rsatdi. Oldinda ko'plab o'yinlar bor.
"Hozir seshanba kuni bo'ladigan "CHelsi"ga qarshi bahs haqida o'ylayotganimiz yo'q. Faqat ertangi o'yin borasida bosh qotiryapmiz.
"Real" va PSJ o'rtasidagi o'yinni ko'rdim. Menimcha hali g'olib aniqlanmadi.
Bir hafta dam oldik? Biz bu haftaga muhtoj edik, ayniqsa ruxiy jihatdan.
Koutino va Dembele? Agar ular vaziyatni o'zgartira olishsa, biz ularni to'xtatmaymiz. Ammo doimo ular foydasiga qaror qabul qilishimiz kerak.
"Eybar" bizga katta bosim o'tkazadi. Xushtak chalinishi bilan bor etiborimizni shu bahsga qaratishimiz lozim.
Pike ertangi o'yinga tayyor bo'ladi, u o'tgan hafta maydonga tushishga tayyor edi. Vermalen? Kutamiz, hozircha u tayyor emas" - deydi Valverde.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar