Evropa grandi Xvicha Kvaracxeliyaga qiziqishni tikladi
16 noy 20:12
Yangiliklar
Evropa grandi Xvicha Kvaracxeliyaga qiziqishni tikladi
PSJ yana "Napoli"ning 23 yoshli qanot hujumchisi Xvicha Kvaracxeliyaga qiziqmoqda.
Parij klubi bosh murabbiyi Luis Enrike gruziyalik futbolchining katta muxlisi hisoblanadi va o'yinchida jamoasining chap qanot hujumini kuchaytiradigan sifatlarni ko'rmoqda. "Napoli" esa Kvaracxeliyani klubda saqlab qolmoqchi, ammo hozirda hujumchining shartnomasini uzaytirish bilan bog'liq muammolar bor, sababi tomonlar tovon puli borasida kelishuvga erisha olishmayapti.
Kvaracxeliya joriy mavsum barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi. O'yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar