So’nggi yangiliklar

21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  0 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  6 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  19 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  28 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  3 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5

Evropa CHempionlar Ligasi. Bugungi o'yinlar anonsi. Faktlar Yangiliklar

Evropa CHempionlar Ligasi. Bugungi o'yinlar anonsi. Faktlar

Bugun Evropa CHempionlar Ligasi so'nggi saralash bosqichida o'yinlar bo'lib o'tadi. Biz esa ushbu o'yinlarga bog'liq bo'lgan faktlar bilan tanishtirib chiqamiz.

"Bazel" - "Makkabi" Tel-Aviv

"Bazel" "Makkabi" bilan 4 marotaba to'qnash kelgan. Ushbu jamoalar o'rtasidagi barcha o'yinlar 2013/14 yilgi mavsumga to'g'ri keladi. Ikki o'yin ECHL saralashi doirasida bo'lib o'tgan bo'lsa, qolgan ikkitasi Evropa Ligasi 1/16 final doirasida bo'lib o'tgan. SHveycariyaliklar Murat Yakin qo'l ostida o'z maydonidagi ikkala o'yinda ham g'olib bo'lgan. Isroilda bo'lib o'tgan o'yinlarda esa durang qayd etilgan.

Ushbu mamlakatlar jamoalari o'rtasidagi 10 ta o'yindan 5 tasida SHveycariya vakillari g'alaba qozonganlar. Birgina o'yinda esa isroilliklarning qo'li baland kelgan.


"Valensiya" - "Monako"

"Valensiya" o'z maydonida franciyaliklarga qarshi bo'lib o'tgan 8 o'yinning barchasida g'alaba qozongan. Faqatgina bir marotaba 2012/13 yili ECHL 1/8 finalida  PSJga 1:2 hisobida yutqazib qo'ygan.


"Seltik" - "Malme"

Bugun "Seltik"ka qarshi jamoaning sobiq futbolchisi Yo-Inge Berget maydonga tushishi kutilmoqda.

"Malme" bosh murabbiyi Oge Xareyde 2012/13 yilda "Xelsinborg" safida maydonda harakat qilgan va ECHL saralashida "Seltik"ka imkoniyatni boy berib qo'ygan. SHuningdek, shveciyaliklar futbolchisi Markus Rozenberg diskvalifikaciya sababli o'yinni o'tkazib yuboradi.


"Rapid" - "SHaxter" Doneck

"Rapid" 1985/86 yilgi mavsumda "Dinamo"dan 1:4 hisobida yutqazganidan so'ng hech qachon o'z maydonida ukrain jamoalariga mag'lub bo'lmagan.

"SHaxtyor" Avstriyadagi ikki o'yinda ham mag'lubiyatga uchragan. Birinchisi, 2002/03 yil UEFA kubogida "Austriya"ga 1:5. Ikkinchi marotaba esa 2006/07 yili ECHL saralashida "Zalcburg"ga 0:1 hisobida yutqazgan.


"Skenderbeu" - "Dinamo" Zagreb

"Skenderbeu" ilk marotaba ECHLning pley-off saralashiga chiqdi va har qanday holatda ham evrokuboklarning guruh bosqichida o'ynagan ilk alban jamoasi sifatida tarixga kiradi.

Ushbu o'yin "Dinamo"ning 18 yoshli albaniyalik yarim himoyachisi Endri CHekichi uchun alohida ahamiyatga ega: "Mening otam chaqaloqlik paytimda "Skenderbeu"da o'ynagan. Uning ushbu bahsda kimga muxlislik qilishiga shubham yo'q. Albatta, "Dinamo" va o'z farzandi uchun", - deydi futbolchi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика