"Evro-2024"dagi eng dahshatli vaziyat: yuz suyaklari sinib ketgan Varga uchun musobaqa tugadi - oldinda hayot uchun kurash
24 iyu 18:00
Yangiliklar
"Evro-2024"dagi eng dahshatli vaziyat: yuz suyaklari sinib ketgan Varga uchun musobaqa tugadi - oldinda hayot uchun kurash
O'shanda Daniya termasi etakchisi Evro-2020ning (kovid tufayli musobaqa 2021 yilda o'tkazilgandi) ilk turida Finlyandiyaga qarshi bellashuvda hushini yo'qotgan va yuragi urishdan to'xtab qolgandi. Maydonning o'zida klinik o'limni boshdan kechirgan Kristianga birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatilgan va hayoti saqlab qolingandi.
Yakshanba oqshomida futbol olami yana shu kabi "shok" holatiga tushdi. Evro-2024 "A" guruhidan pley-offga kimlar chiqishi hal bo'layotgan muhim pallada SHtutgart shahridagi maydondagi hech bir futbolchi o'zini ayab o'tirmasligini taxmin qilish qiyin emasdi. Biroq bu kabi shijoat futbolchilardan biriga qimmatga tushishini hech kim bilmasdi.
Uchrashuvning 68-daqiqasida vengriyalik forvard Barnabash Varga boshidan zarba qabul qilib oldi va maydonga quladi.
Darhol Vargani shirmalar bilan telekamera va muxlislardan berkitishga harakat qilishdi. Bu holatda Varganing holati haqida tasavvur paydo bo'lishi uchun qolgan futbolchilarning reakciyalariga etibor qaratish etarli, nazarimizda. Bir necha daqiqadan so'ng futbolchini kislorod maskasi yordamida maydondan olib chiqib ketishdi.
O'yin davom ettirildi, biroq forvard maydonga qayta olmasligi deyarli barchaga malum edi. SHuning uchun ham yana bir necha daqiqa maydondagilar ham karaxt holatda harakat qilishdi.
Vengriya terma jamoasi vakillari jamoadoshining harakatlari bekor ketmasligi uchun astoydil harakat qilishdi. O'yinning oxirgi soniyalarida o'yindagi yagona golni Kevin CHobot urdi. Vengriya terma jamoasi muxlislari tomon yugurgan CHobot golni Varganing futbolkasini ko'targan holatda nishonladi.
Ushbu gol Evropa chempionatlari tarixidagi eng kech urilgan to'p sifatida tarixga kirdi.
Vengriya futbol federaciyasi o'yin yakunlanganidan bir necha soat o'tib, Varganing holati bo'yicha rasmiy malumot berdi.
"Barnabash Varganing holati muntazam stabil bo'lib turibdi. Hujumchi SHtutgartdagi shifoxonalardan birida va havotir olishga o'rin sabab yo'q. Barchasi ortda qoldi, deb umid qilamiz. Uning holati bo'yicha yana qo'shimcha malumot paydo bo'lsa, albatta biz bu haqida xabar beramiz".
Jamoa ustozi bu malumotni tasdiqladi:
"Uning holati stabil ekanligini bizga ham malum qilishdi. Hozir u shifokorlar nazoratida bo'lib turibdi. Barnabashning yuz suyaklari singan. Katta ehtimol bilan u jarrohlik stoliga yotishiga to'g'ri keladi. Hozir bir narsa aniq Barnabash uchun "Evro" yakuniga etdi. Ammo nima bo'lsa ham u bilan barchasi joyida va eng muhimi shu".
"Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Roland SHallai o'yindan keyingi matbuot anjumanida jamoa g'alabani Vargaga bag'ishlashini malum qildi:
"Barnabashni bu holatda ko'rish shunchaki dahshat edi. Hozir uning holati ancha yaxshi, lekin jarrohlik amaliyoti talab qilinadi. Uning jarohatidan keyin maydonda u uchun ham kurashdik va g'alaba qozonishni juda xohladik. Bu muvaffaqiyatni unga bag'ishlaymiz".
"Tvitter"da Antuan Grizmann va Franciya terma jamoasi bu holatni etiborsiz qoldirmadi hamda Vargani qo'llab-quvvatladi.
Qayd etib o'tamiz, mag'lubiyatga uchragan SHotlandiya 1 ochko bilan so'nggi pog'onani band etdi. Vengriya esa (3 ochko bilan) uchinchi o'rinni egalladi va pley‑off bosqichiga chiqish imkoniyatlari ancha yuqori.
"Evro-2024"da Barnabash Varga 3 ta o'yinda maydonga tushdi - SHveycariya bilan o'yinda (1:3) bitta gol urdi. O'tgan mavsum "Ferencvarosh" safida markaziy hujumchi 40 ta o'yinda ishtirok etdi va "gol+pas" tizimida "29+12" natija qayd etdi.
Fikrlar