Maydon tashqarisidagi "El Klasiko": "Real" va "Barselona" bir himoyachiga qiziqmoqda
12 fev 20:55
Yangiliklar
Maydon tashqarisidagi "El Klasiko": "Real" va "Barselona" bir himoyachiga qiziqmoqda
Ispaniya OAV malumotiga ko'ra, "qaymoqranglilar" etiboriga Argentina terma jamoasi va Londonning "Tottenxem" jamoasi markaziy himoyachisi Kristian Romero tushgan. Xabar qilinishicha, madridliklar himoyani yozgi transfer oynasidayoq kuchaytirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
27 yoshli argentinalik futbolchiga nafaqat "Real", balki "Barselona" va "Atletiko" ham qiziqish bildirmoqda. Bu esa ehtimoliy kelishuvni Ispaniya ichidagi haqiqiy transfer kurashiga aylantirishi mumkin.
Romero 2022 yilning avgustidan beri "Tottenxem" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning London klubi bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Taxminiy bozor qiymati 60 mln evroga baholanmoqda. Angliyaliklar bu kabi transferga osonlikcha rozi bo'lmasligi aniq.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Суперлига. Перица дублга эришган баҳсда "Нефтчи" йирик ҳисобдаги ғалабани тантана қилди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
Fikrlar