So’nggi yangiliklar

01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  9 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  13 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  2 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  3 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  7 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  6 23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  28 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  20 23:13Норвегия Жаҳон чемпионатига чиққанини Осло марказида нишонлади  2 23:08Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  377 22:46Рафинья "Барселона" машғулотларига қайтди  0 22:25Ислом Исмоилов бутсалар ҳақида: "Бугун ўйин давомида ярим жамоа оёғида туролмади. Бу эътибордан четда қолдириладиган нарса эмас"  23 21:56Ислом Исмоилов: "Провокацияга учмасликни юз марта эмас, минг марта тушунтиргандик. Шу сабабли унга танбеҳ бердим. Ҳозир ҳаммаси яхши"  38 21:39U-17 Жаҳон чемпионати. Португалия ва Буркина Фасо чорак финалга чиқди. Бразилия ирода кўрсатиб, Францияни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди  2

Evro-2024. Italiya - Albaniya. Prevyu Yangiliklar

Evro-2024. Italiya - Albaniya. Prevyu

Evro-2024 1-turidan o'rin olgan Italiya - Albaniya uchrashuviga oid malumotlar bilan tanishing.

O'yin haqida nimalarni bilish lozim?

Italiya terma jamoasining Albaniyaga qarshi o'tkazgan o'yinlariga nazar solsak, amaldagi qita chempionlari hech qanday xavf ostida emasligiga guvoh bo'lishimiz mumkin: jamoalar 2014 yilning noyabridan buyon to'rt marta uchrashgan va barcha o'yinlarda italiyaliklar g'alaba qozonib, etti gol urgan va o'z darvozasidan faqatgina bitta to'p o'tkazib yuborgan. Ammo, Silvino jamoasining ko'pchiligi A seriyasida to'p tepishini hisobga olsak, Albaniya terma jamoasi o'z raqiblarini yaxshi bilishi kerak.

2016 yilgi debyutidan so'ng, final bosqichiga qaytgan Albaniya ilk bor saralash guruhida etakchilikni qo'lga kiritdi. SHu bilan birga, Italiya terma jamoasi o'z guruhida Angliyadan keyin ikkinchi o'rinni egalladi, ammo "Atalanta" bilan Evropa Ligasida bosh sovrinni qo'lga kiritgan hujumchi Janluka Skamakka hujum chizig'iga boshchilik qilishi mumkin, shu bois amaldagi chempionlar yangi cho'qqi sari intilsa, ajabmas.

Taxminiy tarkiblar

Italiya: Donnarumma; Di Lorenco, Bastoni, Kalafori, Dimarko; Barella, Jorjino; Keza, Frattezi, Pellegrini; Skamakka

Albaniya: Berisha; Xyusay, Ayeti, Djimshiti, Mitay; Ramadani; Aslani; Bayrami; Seferi; Broya; Asani

Oxirgi natijalar

Italiya 

Oxirgi natijalar (barcha turnirlar, oxirgi o'yinlar birinchi bo'lib sanab o'tilgan, G' - g'alaba, D - durang, M - mag'lubiyat): G'DG'G'DG'

Albaniya 

Oxirgi natijalar: G'G'MMDD

Ekspertlar fikri

Italiyalik muxbir Paolo Menikuchchi

Amaldagi chempionlar so'nggi jahon chempionatiga chiqa olmaganidan keyin jamoa atrofida paydo bo'lgan bazi shubhalarga qaramay, titulni himoya qilishga qatiy bel bog'lashgan. Jamoaning o'rta chizig'i uch yil oldin o'tgan g'alabali EVRO-2020 bilan solishtirganda unchalik o'zgarmagan, himoyada esa Leonardo Bonuchchi va Jorjio Kellini kabi tajribali faxriylarning o'rnini yosh istedodlar egalladi. Jamoa hujumiga shubha qilayotganlar Janluka Skamakkaning so'nggi o'yinlarda harakatlarini ko'zdan kechirishi mumkin. Uning holati har narsaga shubha bilan qarovchi kishilarga yaxshigina javob bo'la oladi.

Albaniyalik muxbir Egi Duro

Albaniya o'z saralash guruhida g'olib chiqdi va turnirga ko'tarinki kayfiyatda etib keldi. Jamoada bir necha tajribali o'yinchilar, jumladan, himoya chizig'ida Berat Jimshiti va qarshi hujumda tezkor o'yin ko'rsatish qobiliyatiga ega Armando Broya o'zining tezligi va texnikasi bilan bu borada muhim rol o'ynashi mumkin. Albaniya "o'lim guruhi"ga tushgan bo'lsa-da, yaxshi forma va intizom orqali Italiya, Ispaniya va Xorvatiya uchun syurpriz tayyorlashi mumkin. Jamoa yaqinda bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinlaridagi g'alabalar hamda saralash bosqichidagi irodali o'yinlari natijasida to'plagan kuchni saqlab qolishga intilmoqda.

Murabbiylar fikri

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti: "Mening fikrimcha, amaldagi chempion sifatida turnirga kelish afzallik yaratadi. Ammo o'zimizni amaldagi chempionlar kabi tutishimiz kerak. Bunda nafaqat muxlislarni, balki o'zimizni ham ishontirishimiz zarur. Malum manoda biz tashqi dunyo bilan emas, balki o'zimiz bilan kurashamiz. Biz nimalarga qodirligimizni ko'rsatishimiz kerak. Bizni qiyin o'yin kutmoqda. Silvino ajoyib o'yinchilar bilan juda yaxshi ish olib bordi, ularning ko'pchiligini biz A Seriyasidagi o'yinlari orqali yaxshi bilamiz".

Albaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Silvino: "Biz bu erda ekanligimizdan xursandmiz. Saralashda qiyin yo'lni bosib o'tdik, bizga oson bo'lmadi, ammo nihoyat final bosqichiga etib keldik. Final bosqichida ishtirok etish katta iftixor sanaladi. Biz juda murakkab guruhdan joy oldik. Lekin biz bu erga raqobatlashish uchun keldik. Har bir ochko uchun kurashamiz. Spalletti ajoyib murabbiy, unda ajoyib o'yinchilar mujassam bo'lgan. Italiya terma jamoasining o'rtoqlik uchrashuvlarida qanday o'yin namoyish etishayotgani to'g'risidagi gap-so'zlarga quloq solmayman. CHunki ular o'z nomi bilan - Italiya! Bu jamoa doimo jangovar holatda bo'ladi".

Eslatib o'tamiz, "B" guruhi 1-turidan o'rin olgan Italiya — Albaniya uchrashuvi 16 iyun kuni soat 00:00 da boshlanadi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика