So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  11 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  28 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Evro-2024. Ispaniya - Italiya. Prevyu Yangiliklar

Evro-2024. Ispaniya - Italiya. Prevyu

Bir necha soatdan so'ng Evropa chempionati 2-turidan o'rin olgan Ispaniya - Italiya uchrashuvi boshlanadi.

O'yin haqida nimalarni bilish lozim?

Ispaniya Xorvatiyaga qarshi o'yinning birinchi bo'limidayoq uchta javobsiz gol urib, mustahkam poydevor o'rnatdi. Maydondagi asosiy yulduz Fabian Ruis bo'lib, u avval Alvaro Morataga zargarona pas berdi, so'ngra o'zi hisobdagi farqni oshirdi. Ushbu kecha 16 yoshli Lamin Yamal uchun ham esda qolarli bo'ldi, aynan uning pasidan keyin Dani Karvaxal uchinchi golni urdi. Uch karra Evropa chempionlari qanotlarini keng yoyib, EVRO-2012 finalida mag'lub etgan italiyaliklarga qarshi uchrashuvga shitob bilan odimlamoqda.

Italiya Albaniyaga qarshi o'yinning dastlabki daqiqasidayoq boshdan kechirgan shok vaziyatdan chiqishni uddalab, mashaqqat bilan bo'lsa-da, uch ochkoni qo'lga kiritdi. Italiyaliklar so'nggi ikki qita chempionatida: 8 yil oldin 1/8 finalda 2:0 hisobida va EVRO-2020 yarim finalining penaltilar seriyasida ispaniyaliklarni mag'lub etgan. Amaldagi Evropa chempionlari ikkinchi turda ularni qanchalik qiyin vazifa kutganini yaxshi his qilib turishibdi, lekin himoyachi Alessandro Bastoni "Ispaniyaning zaif tomonlarini topamiz va ularga zarba beramiz", deya fikr bildirdi.

Taxminiy tarkiblar

Ispaniya: Unay Simon; Karvaxal, le Norman, Nacho, Kukurelya; Fabian Ruis, Rodri, Pedri; Yamal, Morata, Uilyams

Italiya: Donnarumma; Di Lorenco, Bastoni, Kalafori, Dimarko; Jorjino, Barella; Frattezi, Pellegrini, Keza; Skamakka

Oxirgi natijalar

Ispaniya

Oxirgi natijalar (barcha turnirlar, oxirgi o'yinlar birinchi bo'lib sanab o'tilgan, G' - g'alaba, D - durang, M - mag'lubiyat): G'G'G'DMG'

Italiya

Oxirgi natijalar: G'G'DG'G'D

Murabbiylar fikri

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente: "Xorvatiyaga qarshi o'yinda jamoa DNKsiga singib ketgan g'alabadan ilhomlangan holda mukammal futbol ko'rsatdik. Men jamoamning professionalizmi, yuqori darajadagi fidoiyligi va shijoatini alohida takidlamoqchiman".

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti: "G'alaba qozonish muhim ahamiyatga ega, deb o'ylaydiganlar fikriga qo'shilmayman. Muhimi - yaxshi o'yin. Siz yaxshi futbol o'ynashingiz kerak, aks holda yuqori darajadagi jamoalar sizni mag'lub etishadi. Ispaniyaga qarshi o'yin o'zgacha ruhda o'tadi va unda Albaniyaga qarshi bellashuvdan butkul boshqacha o'yin namoyish etamiz".

Eslatib o'tamiz, "B" guruhi 28-turidan o'rin olgan Ispaniya — Italiya uchrashuvi 21iyun kuni soat 00:00 da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика