Evra: "Messi shu orqali Maradonaning soyasidan qutuldi"
25 dek 2022 14:51
Yangiliklar
Evra: "Messi shu orqali Maradonaning soyasidan qutuldi"
Sobiq futbolchi Patris Evra hujumchi Leo Messining futbol tarixidagi o'rni haqida gapirdi.
"Jahon chempionatidan keyin u Maradonaning soyasidan qutuldi. Argentinalik muxlislar Maradonani umuman unutishmasdi, endi ular Messini unutishmaydi. U yagona. Endi ular uchun Messi eng zo'ri bo'ldi.
Biroq Messini eng zo'ri deb atay olmayman, o'z navbatida Ronalduni ham. Odamlar bahslashishdan to'xtashlarini istardim. CHunki hamma uchun o'z fikri qiziq. Barcha xar xil statistiklar, g'alabalar bilan maqtanadi.
Kimdir jahon chempionligi uchun Messini tarixdagi eng zo'ri deb ataydi, kimdir Evroni yutgani uchun Ronalduni. Ularning ikkisi ham ko'z oldimizda sovrinni yutishdi. SHu sababli ularni buyuklar qatoriga qo'shamiz", - dedi Evra.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar