So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  16 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

Evra Franciya termasini Benzema bilan bog'liq hodisa sababli tanqid qildi Yangiliklar

Evra Franciya termasini Benzema bilan bog'liq hodisa sababli tanqid qildi

Franciya termasi sobiq futbolchisi Patris Evra Franciya termasini Karim Benzema bilan bog'liq hodisa sababli tanqid qildi.

JCH-2022ga oz vaqt qolganida hujumchi jarohat orttirib oldi va shu sababli Franciya termasin ixtiyorini tark etdi. Tarqalgan malumotlarga ko'ra, Ugo Loris hamda Antuan Grizmann ushbu holatdan mamnun bo'lishgan.

"Odamiylik nuqtai nazaridan kichkinagina muammo bor shekilli. Bundan juda xafa bo'ldim. Menimcha, Karim bir qancha insonlarga halaqit qilgan ko'rinadi. Uni hech kim qo'llab-quvvatlamadi. Aslida bunday futbolchi uchun urushga chiqish kerak.

Aslida barchasini bosh murabbiy hal qiladi, tanlov uning qo'lida. Men Desham doimo futbolchilaridan jamoani ustun qo'yadi deb hisoblardim. Franciya termasi JCH-1998da chempion bo'lganlarniki deb hisoblashingiz noto'g'ri. 

Franciya termasi hammaniki. Aslida kim termaga chaqiriladi, buni siz hal qilishingiz kerak. CHunki Siz xato qilmaysiz, buni istamaysiz. Jamoangizda "Oltin to'p" sohibi bor, yigitlar. Agarda termada o'ynayotgan bo'lganimda Karim kelmaguncha hech nimani boshlamasdim. Ammo termada uning uchun kurashadiganlarni ko'rmadim", - dedi Evra.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика