Evra: "Amorim "Manchester Yunayted" uchun jonini berishga tayyor"
11 dek 2025 20:15
Yangiliklar
Evra: "Amorim "Manchester Yunayted" uchun jonini berishga tayyor"
MYU sobiq himoyachisi Patris Evra jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimni qo'llab-quvvatladi.
Uning fikricha, 40 yoshli mutaxassis klub manfaatini o'zidan yuqori qo'yadi.
"Qiyin paytlarda ham men unga ishonaman. Hozir bu inson klub uchun jonini berishga tayyor. U haqiqatan ham klubni birinchi o'ringa qo'yadigan murabbiy. Ayrim avvalgi murabbiylar bilan solishtirganda u boshqacha. Balki unga yana futbolchilar kerak bo'lar", – dedi Evra.

Amorim 2024 yilning noyabridan beri MYUga boshchilik qilmoqda. 2025/26 yilgi mavsum jamoa uning qo'l ostida 15 o'yindan keyin 25 ochko to'plab, APL jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
"Реал" Арбелоанинг дебютида Сегунда клубига мағлуб бўлиб, Испания кубоги билан хайрлашди!
Идеал дебют: Кэррикнинг илк ўйинида "Манчестер Юнайтед" "Манчестер Сити"га ҳеч қандай имконият қолдирмади
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar