"Everton" qishda "SHaxtyor"dan ukrainalik futbolchini sotib olmoqchi
13 sen 2022 11:13
Yangiliklar
"Everton" qishda "SHaxtyor"dan ukrainalik futbolchini sotib olmoqchi
Liverpulning "Everton" klubi hamon "SHaxtyor" yarim himoyachisi Mixail Mudrikka qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "Liverpool Echo".
Manbaning xabariga ko'ra, Angliya klubi qishki transfer oynasida futbolchini sotib olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, yozda xavbekka "Yuventus", "Arsenal" va "Bayer" jamoalari qiziqish bildirgandi, ammo u "SHaxtyor"da qolishni xohlagandi.
21 yoshli Mudrik joriy mavsum "SHaxtyor" safida 4 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar