"Everton" futbolchisi jamoadoshiga shapaloq tushirgani uchun chetlatildi
25 noy 2025 02:45
Yangiliklar
"Everton" futbolchisi jamoadoshiga shapaloq tushirgani uchun chetlatildi
Idrissa Guye "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda jamoadoshi bilan mojaro tufayli maydondan chetlatildi.
13-daqiqada "Everton" yarimhimoyachisi o'z jarima maydonida raqib hujumi paytida topni egalladi va uni Maykl Kinga uzatdi, ammo u pasni qabul qilmadi. Shu paytda Brunu Fernandesh vaziyatdan foydalanib to'pga zarba berdi – to'p darvozadan yuqoriga ketdi.
Guye jahli chiqib, 32 yoshli himoyachi bilan jahllashib qoldi. U jamoadoshiga shapaloq tushirdi, Kin esa uni yoqasidan oldi, shundan so'ng futbolchilarni boshqalar ajratib qoldi.
Senegallik futbolchiga hakam Toni Xerrington tomonidan qizil kartochka ko'rsatildi. Guyeni tinchlantirish va maydondan olib chiqishga to'g'ri keldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar