Eto'O France Football'ni hurmatsizlikda aybladi: "Men o'ngda 1-2 mavsum o'tkazganman, markaziy hujumda esa 25 yil o'ynaganman"
20 okt 2020 14:53
Yangiliklar
Eto'O France Football'ni hurmatsizlikda aybladi: "Men o'ngda 1-2 mavsum o'tkazganman, markaziy hujumda esa 25 yil o'ynaganman"
"Barselona" va "Inter" sobiq hujumchisi Samuel Eto'O Franciya jurnali France Football'dan norozi.
Kecha nashr tarixdagi eng yaxshi o'ng qanot, chap qanot va markaziy hujumchilarni aniqlash uchun davogarlar ro'yxatini elon qildi. Eto'O esa o'ng qanotga davogarlardan bo'ldi.
"Rahmat sizga, ammo men o'ng qanotda 1-2 mavsum o'ynaganman, markaziy hujumchi zonasida esa 25 yil to'p tepganman. France Football tomonidan hurmatsizlik", - deb yozgan kamerunlik futbolchi o'zining Twitter sahifasida.
Eto'O Kamerun terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar sanaladi.
Fikrlar