Eto'O "Barselona"da Messining o'rnini kim egallashini aytdi
12 jan 2021 17:30
Yangiliklar
Eto'O "Barselona"da Messining o'rnini kim egallashini aytdi
"Barselona" sobiq futbolchisi Samuel Eto'O kim "ko'k-anorranglilar" safida Lionel Messining o'rnini egallashi mumkin deb hisoblashini aytdi.
"Bu Ansu Fati. U o'z yoshida aqlbovar qilmas o'yinlar namoyish etdi. "Barselona" tayyorlanishi va unga g'amxo'rlik qilishi kerak. Ansu Lionelning o'rnini bosadi deb o'ylayman", - deydi kamerunlik.
Eslatib o'tamiz, Fati Kataloniya klubi akademiyasi ("La Masiya") tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
18 yoshli hujumchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar