So’nggi yangiliklar

12:58Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  0 12:27Ямалнинг жароҳати жиддийми?  1 11:53Подольски 39 ёшида фаолиятини якунлади. Хайрлашув ўйини Кёльнда 50 000 мухлис қаршисида бўлиб ўтди  1 11:20"Ювентус" ёзда Влаховични сотиши мумкин, нега?  0 10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  5 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  3 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  1 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  3 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  3 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  6 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  10 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2

Etakchi o'zgarishi: A Seriyada 23-tur yakunlari Yangiliklar

Etakchi o'zgarishi: A Seriyada 23-tur yakunlari

Teglar :  Italiya A Seriyasi
Italiya A Seriyasi 23-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

"Torino" "Kalyari"ni mag'lub etdi

O'yin starti ancha bo'sh o'tdi, jamoalar ko'proq bir-birlarini kuzatishdi va kam hujum qilishdi. Bunday o'yinda vaziyatlardan foydalanib ketish muhim edi va "Torino" buni uddaladi. Bellanova qanotdan oldinga borib darvoza tomon zarba berdi, Sapata bir teginish bilan to'pni darvoza to'riga qayta yo'naltirib yubordi. U tez orada dubl qilishi mumkin edi, ammo mehmonlar darvozaboni kolumbiyalikning bosh bilan bergan zarbasini bartaraf etdi. "Kalyari" taym so'nggida faollashdi, Yankto Petanyaning to'pni qoldirganidan so'ng xavfli, ammo noaniq zarba berdi. "Torino" esa aniqroq harakat qildi, Richchi taym so'nggida to'pni jarima maydonchasi ichiga olib kirib darvozabonning yonidan yo'naltirdi.

"Torino" taym boshida hisobni yirik ko'rinishga olib kelishi mumkin edi, Skuffet Sapataning zarbasidan so'ng to'pni qaytardi. "Buqalar" hujum qilishda davom etishdi, xususan Bellanova uzoqdan juda xavfli zarba berdi. "Kalyari" esa umuman uyg'ona olmadi. Mezbonlar Ranerining o'zgarishlaridan so'ng o'yin so'nggiga yaqingina ko'proq hujum qila boshlashdi. Ular ish berdi. Viola qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va ideal zarba bilan darvozabonni ojiz qoldirdi. "Kalyari" o'yinni qutqarishga kirishdi, o'yin so'nggida esa aqlbovarqilmas vaziyatga ega bo'ldi. Lapadulla Dossenaning uzatmasidan so'ng darvozada oldida turib to'pga moslasha olmadi va uni to'rga yo'llay olmadi. "Torino" yakunda Siciliyada muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

Cagliari

Nicolas Viola - 77'

Serie A . 22-tur

26/01/2024, 23:45

2
:
1
Tugadi

Torino

Duvan Zapata - 23', Samuele Ricci - 45'

Stadion: Unipol Domus, 16196 tomoshabin

Bosh hakam: Andrea Colombo

45'
90'
11'  Ibrahim Sulemana (Matteo Prati)
41'  Mateusz Wieteska
46'  Jakub Jankto (Leonardo Pavoletti)
46'  Pantelis Hatzidiakos (Nicolas Viola)
71'  Paulo Azzi (Tommaso Augello)
71'  Nahitan Nandez (Gianluca Lapadula)
73'  Nicolas Viola
77'  Nicolas Viola
77'  Gabriele Zappa
23'  Duvan Zapata
23'  Raoul Bellanova
45'  Samuele Ricci
45'  Valentino Lazaro
62'  Samuele Ricci (Gvidas Gineitis)
62'  Samuele Ricci
78'  Antonio Sanabria (Saba Sazonov)
82'  Vanja Milinkovic-Savic
83'  Alessandro Buongiorno
87'  Duvan Zapata (Pietro Pellegri)
87'  Raoul Bellanova (Mergim Vojvoda)
90'  Ricardo Rodriguez
90'  Pietro Pellegri
90'  Ivan Juric



"Inter" "Fiorentina"dan ustun

Mezbonlar o'yin boshida ustunlikni o'z qo'llariga olishga harakat qilishdi, ammo ilk xavfli vaziyat ularning darvozalari oldida sodir bo'ldi. Tyuram qanotdan to'pni bo'sh turgan Karlos Augustoga uzatdi, ammo Raneri braziliyalikka aniq zarba berishga halal berdi. Bir daqiqadan so'ng gol ro'y berdi, Aslani ajoyib tarzda burchak zarbasini ijro etdi, Lautaro esa ildam o'ynab to'pni to'rga kirgizib yubordi. Augusto tez orada yana zarba poziciyasida edi, ammo zarba berish o'rniga pasni maqul ko'rdi, uni esa Kuatra to'xtatib qoldi. O'yin ancha tinchidi, Lautaro Tyuramning uzatmasidan so'ng xavfli zarba bergan payti taym so'nggiga yaqin o'yin jonlandi. "Fiorentina" ham gol urish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi, Zommer Bonaventuraning to'qqizlikka yo'llagan zarbasini qaytardi.

"Fiorentina" tanaffusdan so'ng faolroq o'ynadi, Zommer darvozasi oldida keskinlik ko'paydi. Nzola vaziyatlardan birida jarima maydonchasi ichida uzatmani qabul qilib oldi va to'pni bo'sh turgan Bonaventuraga uzatish o'rniga aylanib turib shunchalik bo'sh zarba berdiki, darvozabon to'pni osongina egallab oldi. Eng muhim epizod taymning o'rtasida ro'y berdi, Zommer to'p uchun kurashda qo'li bilan Nzolaning yuziga zarba berdi. SHveycariyalik darvozabon Gonsalesning o'n bir metrdan yo'llagan zarbasini egallab olgan holda xatosini to'g'irladi. "Inter" qarshi hujumlar bilan javob qaytardi, ammo keskinlik ro'y bermadi. "Qora-ko'klar" qaysidir paytda shunchaki darvoza oldida turib olishdi va o'yinni g'alabagacha olib borishdi.

Fiorentina

Serie A . 22-tur

28/01/2024, 23:45

1
:
0
Tugadi

Inter

Lautaro Martinez - 14'

Stadion: Artemio Franchi, Firenze, 35084 tomoshabin

Bosh hakam: Gianluca Aureliano

45'
90'
45'  Jonathan Ikone
46'  Arthur (Maxime Lopez)
61'  Jonathan Ikone (Nicolas Gonzalez)
77'  Nicolas Gonzalez
83'  Lucas Beltran (Antonin Barak)
83'  Alfred Duncan (Rolando Mandragora)
89'  Fabiano Parisi (Nikola Milenkovic)
90'  Rolando Mandragora
14'  Lautaro Martinez
14'  Kristjan Asllani
42'  Alessandro Bastoni
60'  Alessandro Bastoni (Francesco Acerbi)
60'  Matteo Darmian (Denzel Dumfries)
60'  Marcus Thuram (Marko Arnautovic)
75'  Yann Sommer
78'  Lautaro Martinez (Alexis Sanchez)
82'  Benjamin Pavard
83'  Benjamin Pavard (Yann Aurel Bisseck)



"Yuventus" va "Empoli" durang o'ynadi

"Yuventus"da 5-daqiqadayoq hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyat bo'lgandi, Kaprile Vlaxovichning jarimadan yo'llagan zarbasini qaytardi. "Yuventus" kutilganidek raqibga bosim o'tkazishda davom etdi, ammo 18-daqiqada Milik to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olganda ko'p narsa barbod bo'ldi. "Empoli" shundan so'ng ko'proq hujum qila boshladi, Jurkovskining uzoqdan bergan zarbasi haqiqatdan ham xavfli chiqdi. "Yuventus" vaziyatlar yaratmadi, faqatgina taym so'nggida jonlandi, unda Miretti jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo noaniq zarba berdi.

"Yuventus" 2-taym boshida standartlarda yaxshi o'ynashini yana bir bor ko'rsatdi. Burchakdan uzatmadan so'ng Vlaxovich yaqin masofadan to'pni darvozaga kiritgan holda mavsumdagi 12-golini kiritdi. Jamoa shundan so'ng zichroq o'ynay boshladi, "Empoli" esa oldinga bordi va vaziyatlar yaratdi, ayniqsa CHerrining bosh bilan bergan zarbasi xavfli chiqdi. Taym o'rtalarida Luperto to'pni Balzaniga oshirdi, u esa jarima maydonchasi tashqarisidan ideal zarba berib to'pni burchakka yo'naltirdi. O'sha Balzani birozdan so'ng Kanchelerini darvozaga yuzlashtirdi, ammo Bremer to'pni forvardning oyoqlarida xavfsizlantirishga ulgurdi. Toskaniyaliklar hujumni davom ettirishdi, Kambyagi yaqin burchakka xavfli zarba berdi, SHensni qiyinchilik bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. "Yuventus" o'tkazib yuborilgan goldan so'ng hech nima yaratmadi va o'z o'yinidan aniq norozi bo'lishi kerak.

Juventus

Dusan Vlahovic - 50'

Serie A . 22-tur

27/01/2024, 21:00

1
:
1
Tugadi

Empoli

Tommaso Baldanzi - 70'

Stadion: Allianz Stadium, 39518 tomoshabin

Bosh hakam: Livio Marinelli

45'
90'
16'  Arkadiusz Milik
18'  Arkadiusz Milik
50'  Dusan Vlahovic
59'  Fabio Miretti (Timothy Weah)
78'  Andrea Cambiaso (Samuel Iling-Junior)
78'  Filip Kostic (Kenan Yildiz)
90'  Timothy Weah
20'  Sebastian Walukiewicz
56'  Alberto Grassi (Matteo Cancellieri)
56'  Alberto Cerri (Tommaso Baldanzi)
70'  Tommaso Baldanzi
70'  Sebastiano Luperto
90'  Szymon Zurkowski (Jacopo Fazzini)
90'  Nicolo Cambiaghi (Razvan Marin)



"Milan" va "Bolonya" durang o'ynadi

"Bolonya" o'yinni faol boshladi, diskvalifikaciyani o'tagan Zirkzee 9-daqiqada yaxshi zarba yo'lladi, ammo Menyan yaxshi harakat qildi. Tez orada yakka yurishdan so'ng ajoyib zarba yo'llagan Leaoda imkoniyat bo'ldi. "Bolonya"ning oldinga o'tishi esa natija olib keldi, Zirkzee jarima maydonchasi ichidagi chalkash vaziyatdan so'ng to'pni o'tkir burchakka yo'naltirdi. SHundan so'ng o'yin ancha tinchlandi, bu jimlik Ker taym so'nggiga yaqin jarima maydonchasi ichida yiqitilganda jonlandi. To'p yoniga Jiru keldi, ammo Skorupski francuzning zarbasini qaytardi. "Milan" baribir tanaffusga qadar hisoni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi, Kalabriya jarima maydonchasi ichiga to'pni yo'naltirdi, Loftus-CHik esa uni darvozaga yo'llab yubordi.

Tanaffusdan so'ng Zirkzeeda ajoyib imkoniyat bo'ldi, ammo uning yaxshi poziciyadan bergan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi. "Milan"da Reyderning uzoqdan yo'llagan zarba o'ta noaniq ketdi. Leao taym so'nggiga yaqin jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Bu safar to'pga Teo keldi va darvoza ustunini nishonga oldi. Ammo, "Milan" darhol gol urdi, Loftus-CHik Florencining uzatmasidan so'ng Skorupskini ojiz qoldirdi. "Bolonya" oldinga bordi va yakunda imkoniyatga ega bo'ldi, Terrachano jarima maydonchasi ichida Kristensenning libosini faol tarzda ushladi, u esa yiqildi. Yakunda Orsolini o'yinning so'nggi daqiqasida penaltini aniq ijro etdi va "rossoblu"ga durangni taqdim etdi. Jamoaning natijadan ko'ngli to'q.

AC Milan

Ruben Loftus-Cheek - 45', Ruben Loftus-Cheek - 83'

Serie A . 22-tur

27/01/2024, 23:45

2
:
2
Tugadi

Bologna

Joshua Zirkzee - 29', Riccardo Orsolini - 90'

Stadion: San Siro, 80018 tomoshabin

Bosh hakam: Davide Massa

45'
90'
22'  Rafael Leao
36'  Davide Calabria
42'  Olivier Giroud
44'  Yacine Adli
45'  Ruben Loftus-Cheek
45'  Davide Calabria
45'  Ruben Loftus-Cheek
59'  Davide Calabria (Alessandro Florenzi)
59'  Yacine Adli (Yunus Musah)
60'  Olivier Giroud (Luka Jovic)
75'  Theo Hernandez
83'  Ruben Loftus-Cheek
83'  Alessandro Florenzi
87'  Rafael Leao (Noah Okafor)
87'  Christian Pulisic (Filippo Terracciano)
90'  Filippo Terracciano
2'  Riccardo Calafiori
29'  Joshua Zirkzee
29'  Riccardo Calafiori
39'  Lewis Ferguson
41'  Thiago Motta
57'  Kacper Urbanski
67'  Michel Aebischer (Nikola Moro)
67'  Kacper Urbanski (Alexis Saelemaekers)
82'  Giovanni Fabbian (Riccardo Orsolini)
82'  Lorenzo De Silvestri (Jhon Lucumi)
90'  Riccardo Orsolini



"Roma" "Salernitana"dan ustun

Ikki jamoa ham uzoq vaqt bir-birlari darvozalari oldida xavfli vaziyat sodir etishmadi, ilk xavfli vaziyatda Kandreva uzoqdan yaxshi zarba berdi. Patrisiu tez orada Majorening olisdan bergan zarbasini qiyinchilik bilan bartaraf etdi. "Salernitana" uzoqdan ko'p zarbalar berdi, "Roma" esa tanffusga qadar xavfli vaziyat sodir etolmadi.

"Salernitana" 2-taym boshida o'z darvoza oldida ahmoqona penaltini yuzaga keltirdi, Madjore oddiy vaziyatda qo'l bilan o'ynadi. Dibala nuqtaga yaqinlashib darvozani ishg'ol qildi. "Salernitana" shundan so'ng oldinga bordi, Nvankvo bosh bilan xavfli zarba berdi, ammo to'p yuqoridan o'tib ketdi. Dibala birozdan so'ng yana ko'rinish berdi, u to'pni chiroyli tarzda Karsdorpga uzatdi, niderland esa jarima maydonchasi ichiga kirib zarba berdi, Pellegrini esa to'pni bo'sh qolgan darvozaga yo'llab qo'ya qoldi. "Dengiz otlari" taslim bo'lishmadi va katta kuch bilan oldinga borishdi va xavfli vaziyatlardan so'ng gol urishning uddasidan chiqishdi. CHauna ajoyib tarzda uzoq masofadan uzatma ijro etdi, Kastanos esa bosh bilan ideal zarba berdi. "Roma" shundan so'ng mudofaani tartibga keltirdi va "Salernitana"ga xavfli vaziyatlar uchun imkoniyat bermadi, ammo o'yin so'nggida Lovatoning uzatmasidan so'ng CHauna bosh bilan xavfli zarba berdi, ammo bu safar Ruy Patrisiu zarbani qaytardi va "Roma"ning Daniele De Rossining ikkinchi o'yinida ham g'alaba qozonishini taminladi.

Salernitana

Grigoris Kastanos - 70'

Serie A . 22-tur

29/01/2024, 23:45

2
:
1
Tugadi

Roma

Paulo Dybala - 51', Lorenzo Pellegrini - 66'

Stadion: Stadio Arechi, 18038 tomoshabin

Bosh hakam: Marco Di Bello

45'
90'
44'  Niccolo Pierozzi
62'  Junior Sambia (Agustin Martegani)
62'  Toma Basic (Grigoris Kastanos)
70'  Grigoris Kastanos
70'  Loum Tchaouna
73'  Norbert Gyomber (Matteo Lovato)
73'  Simy (Chukwubuikem Ikwuemesi)
79'  Niccolo Pierozzi (Alessandro Zanoli)
87'  Antonio Candreva
87'  Filippo Inzaghi
45'  Lorenzo Pellegrini
51'  Paulo Dybala
66'  Lorenzo Pellegrini
66'  Rick Karsdorp
71'  Paulo Dybala (Houssem Aouar)
78'  Stephan El Shaarawy (Nicola Zalewski)
84'  Paulo Dybala
88'  Lorenzo Pellegrini (Dean Huijsen)
89'  Rui Patricio



SHuningdek:

"Napoli" va "Lacio" o'yinida gollar urilmadi

"Atalanta" "Udineze"ni mag'lub etdi

"Jenoa" "Lechche"ni taslim etdi


Sergey Rumyancev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика