Eshitdik-da! "So'g'diyona"ning 3 nafar asosiy o'yinchisi "Navbahor"ga o'tmoqda
20 dek 2022 11:35
Yangiliklar
Eshitdik-da! "So'g'diyona"ning 3 nafar asosiy o'yinchisi "Navbahor"ga o'tmoqda
O'tgan mavsum chempionatda kumush medallarni qo'lga kiritgan va kubokda finalgacha etib borgan "Navbahor" jamoasi "So'g'diyona"ning 3 nafar asosiy tarkib futbolchilarini o'z tarkibiga jalb qilmoqda. Dekabr oyining boshida SHohruz Norxonov namanganliklar safiga o'tgani haqida xabar bergan edik.
"Championat.asia" sayti malumotlariga ko'ra, Norxonovdan tashqari, chap qanot himoyachisi Luka CHermel hamda o'ng qanot himoyachisi SHahboz Jo'rabekov ham yangi mavsumni "Navbahor" tarkibida boshlaydi.
Noyabr oyi oxirlarida har ikkala himoyachi Jizzax klubini tark etgani haqida xabar bergan edik.

O'tgan mavsum Superligada Norxonov 25ta o'yin o'tkazdi va 10ta gol urib, 3ta golli pas bergan. CHermel 24ta uchrashuvda 1ta gol urib, 1ta golli pas bergan. Jo'rabekov esa 25ta bellashuvda 2ta gol urib, 5ta golli pas bergan.
Eslatib o'tamiz, Samvel Babayan boshchiligidagi "Navbahor" bugun Namanganda yig'inga kirishadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar