So’nggi yangiliklar

10:47Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди  4 10:15"Ньюкасл" "Милан" ҳимоячисини сотиб олди  0 09:41"Ливерпуль" Англия терма жамоаси футболчиси билан шахсий шартнома бўйича келишувга эришди  2 09:09Жанлуижи Доннаруммага Европанинг яна бир ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  2 08:38Пролига. Бугун 11-тур якунланади  0 08:07Расман. "Бухоро"ни вақтинчалик мураббийи маълум қилинди  2 07:35Суперлига. Бугун 18-тур якунланади  1 07:10Суперлига. "Навбаҳор" дербида ғалаба қозонди, "Шўртан" “Қўқон-1912”га ютқазди, ОКМК - "Қизилқум" баҳсида эса нурсиз дуранг  1 01:26Элдор Мойлиев: "Суперлигада ҳамма жамоалар тенг кучли, кимнинг омади келса шу ютиб кетяпти"  2 01:19Баҳром Ҳайдаров: "Узоқ кутилган ғалабага эришдик"  0 00:46Доннарумма "ПСЖ"дан кетади: "Кимдир мени жамоанинг бир бўлаги сифатида кўришни хоҳламади"  12 00:16"Реал Мадрид" мавсумолди ўртоқлик учрашувида Австрия клубини йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  7 23:56Максим Шацких: "Ҳатто ютганимизда ҳам дурангга лойиқ ўйин бўлди дердим"  20 23:20"Ливерпуль" "Парма" ҳимоячисини сотиб олмоқчи. Футболчига А Серия грандларидан ҳам қизиқиш бор  0 22:55Левандовски "Олтин тўп"ни ким қўлга киритиши мумкинлиги ҳақида гапирди  8

Eshitdik-da! "Navbahor" OFK licenziyasisiz qolishi mumkin Yangiliklar

Eshitdik-da! "Navbahor" OFK licenziyasisiz qolishi mumkin

Namangan klubida ishlar chatoq.

Futbol klubi 30 mart kuni kechga qadar OFK licenziyalashi bo'yicha talab etilgan barcha hujjatlarni tashkilot platformasiga yuklashi kerak. Ayni vaqtda O'zbekistondagi barcha professional futbol klublari shu ish ustida ishlamoqda.

Bizdagi malumotga ko'ra, "Navbahor" klubida bu borada katta muammo mavjud. Klub o'z sobiq futbolchilaridan qarzdorligini to'liq bartaraf etmagan. Garchi transfer oynasi yopilishiga 24 soat qolganida O'FA qo'mitasi Navbahor uchun transfer oynasini ochib bergan bo'lsa-da, ayni vaqtda O'FA ham OFK talabi bilan hazillashmoqchi emas. Yani, qarzdorligi aniq bo'lgan klubga licenziya berilsa, OFK nafaqat klubni, balki O'FAni ham jazolaydi. Bunday holat uch yil avval Eronda ham ro'y bergan bo'lib, Eron futbol federaciyasi yolg'on malumot uchun jazolangan, "Istiqlol" va "Persepolis" futbol klublari esa xalqaro maydondan chetlashtirilgandi.

Malum bo'lishicha, "Navbahor" klubi sobiq futbolchilar bilan yil boshida kelishgan va ular oldidagi qarzdorlikni 31 yanvar kuniga qadar bartaraf etishga kafolat bergan. Biroq vada o'z vaqtida bajarilmagan va futbolchilar O'zbekiston futbolchilari uyushmasi orqali ishni O'FA qo'mitasiga oshirgan. O'z navbatida qo'mita 14 fevralga qadar "Navbahor" qarzlarni uzishi yuzasidan qaror qabul qilgan. Biz futbolchilar bilan aloqaga chiqdik, ular o'z nomlarini oshkor qilishni istamadi. Biroq ular "Navbahor" 28 mart holatiga ko'ra ham qarzlarni to'liq to'lamaganini malum qildi.

Holat shundayki, endilikda O'FA, PFL yoki O'FU masalani mustaqil hal qilolmaydi. "Navbahor" futbol klubi holatni o'nglash uchun 48 soat ichida ariza bergan barcha futbolchilar bilan hisob-kitob qilishi lozim. Yo'qsa ular OFK uchun tayyorlangan arizani qaytarib olmoqchi emas. O'zbekistonda esa shanba, yakshanba va bayram munosabati bilan dushanba kuni ham banklar faoliyat olib bormaydi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика