So’nggi yangiliklar

22:13Ла Лига. Серлотнинг голи "Атлетико"га Мадридда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  0 22:07Бельгия Про лига. "Антверпен" меҳмонда чемпионат аутсайдерига мағлуб бўлди, Ўринбоев узоқ муддатдан сўнг қайдномага киритилди  6 21:39Ўртоқлик ўйини. “Навбаҳор” Сербия жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  11 20:58БАА Про лигаси. "Ўзбек дербиси"да "Бани Яс" ва "Ал Батаэҳ" ўзаро дуранг ўйнади  1 20:32"Қизилқум" Тошкентда қирғиз жамоасини йирик ҳисобда таслим этди  1 20:20Эрон Про лигаси. "Ўзбек дербиси"да "Истиқлол" ва "Трактор" ўзаро нурсиз дуранг ўйнади  1 19:06"Ман Сити" Эчеверрини мавсум охиригача "Жирона"га ижарага берди. Хавбекнинг "Байер"даги ижара муддати муддатидан олдин тўхтатилди  1 18:06Эрон Про лигаси. "Персеполис" меҳмонда мағлуб бўлди, Ўрунов 66 дақиқа ўйнади, Сергеев эса дебют қилди  3 16:49"Манчестер Юнайтед" "Ювентус" ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  3 15:40Эмилиан Карас "Пахтакор"да Камолиддин Тожиевга ёрдам беради  7 14:50Мареска "Реал" бош мураббийлигига номзод  8 13:40Буюк Хитой деворини қўриқлаётган мусулмон сарбозлар  28 13:03"Атлетико" Ли Кан Инга қизиқиш билдирмоқда ва унинг трансфери устида иш бошлади. Хавбек ПСЖдан кетмоқчи  0 12:34Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”  73 12:00Бугунги ўйинлар: "Атлетико” уйда, “Ал Ҳилол”, “Барса” сафарда ва бошқалар  3

Ishli va ishsiz PROfessionallar Yangiliklar

Ishli va ishsiz PROfessionallar

Kuni kecha futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida Pro licenziyasiga ega mutaxassislarning licenziyasini yangilashga qaratilgan seminar bo'lib o'tdi.

Suratga etibor berar ekanmiz, unda katta nomlarni ham ko'rishimiz mumkin. Shunga mos ravishda PRO licenziyasini yangilash jarayonida ham turli klublarda ishlayotgan tajribali mutaxassislar va hozirda ish joyi bo'lmagan murabbiylar bir safda turdi. Bu ro'yxat orqali mamlakatimizdagi mutaxassislar qatlami, ularning tajribasi va hozirgi mehnat bozoridagi holatini ko'rish mumkin.

Quyida PRO licenziyasini almashtirishda qatnashgan murabbiylarni shartli ravishda ikki guruhga ajratamiz:

Ish joyiga ega professional murabbiylar. Ayrim mutaxassislar hozirgi paytda ham futbol klublarda, ham Akademiyalar va yoshlar jamoalarida faoliyat yuritmoqda. 

Superligada va klublarda bosh murabbiy bo'lib ishlayotganlar:

Asror Aliqulov — "Sho'rtan" bosh murabbiy

Dmitriy An — "Neftchi" (Qirg'iziston) bosh murabbiy

Fevzi Davletov — "Surxon" bosh murabbiy

Vadim Abramov — "Dinamo" bosh murabbiy

Ivan Boshkovich — "So'g'diyona" bosh murabbiy

Ro'ziqul Berdiev — "Nasaf" bosh murabbiy

Timur Kapadze — "Navbahor" bosh murabbiy

Rahbariyat lavozimida ishlayotganlar:

Ildar Sakaev — "Mashal" akademiyasi texnik direktor

Abdumajid Toirov — "Neftchi", yoshlar bilan ishlash kordinatori

Muxtor Qurbonov — OKMK texnik direktor

Botir Qoraev — "Nasaf" texnik direktor

Yoshlar jamoalarida murabbiy va klublarida yordamchi bo'lib ishlayotganlar:

Temur Turdiev — "Aral" U-19 murabbiy

Sergey Arslanov — "Neftchi" yordamchi

Rifat Akramxo'jaev — "Lokomotiv" Ikkinchi liga murabbiyi

Davron Fayziev — OKMK, yordamchi murabbiy

Server Jeparov — "Oqtepa" bosh murabbiy

Yorqin Nazarov — Lokomotiv U-16

Shuhrat Toshpo'latov — "Nasaf", yordamchi murabbiy

Eldor Moyliev — "Sho'rtan", yordamchi murabbiy

Marat Miftaxutdinov — "Dinamo", yordamchi murabbiy

Viktor Karpenko — "Buxoro", yordamchi murabbiy

Zavisha Miloslaevich— Serbiya U-21, bosh tahlilchi

Azam Sherg'oziev — OKMK U-21 murabbiy

Bu murabbiylar orasida 7 nafari Superligada va klubida bosh murabbiy, 4 nafari rahbariyatda, 12 nafari yordamchi va yoshlar jamoalarida ishlashmoqda. 

Ishsiz, lekin tajribali professionallar. Hozircha klubga ega bo'lmagan murabbiylar. Krestinin, Petrosyan, Shevchenko, Abduraimov, Irismetov kabi mutaxassislar 2025 yilda klublarda faoliyat olib bordi. 

Jasur Abduraimov 

Aleksandr Krestinin

Mikola Shevchenko

Artyom Petrosyan

No'mon Hasanov

Ilhom Mo'minjonov

Jafar Irismetov

Bu ismlar orasida milliy jamoa darajasida ishlaganlar ham, PFLda muvaffaqiyat qozonganlar ham, legioner murabbiylar ham bor. Ularning ishtirok etishi — musobaqalardan uzoqlashmaganini, o'z ustida ishlashni davom ettirayotganini ko'rsatadi.

PRO licenziyasini yangilashda qatnashgan murabbiylar ro'yxati — bu O'zbekiston futbolidagi mutaxassislarning hammasi degani emas. Bu ro'yxatdan tashqarida ham ishlayotgan, ham hozircha ishsiz murabbiylar bor. Yana bir qator Pro licenziyasiga ega mutaxassislar Superligada faoliyat olib borishyapti, yoshlar jamoalari, akademiyalarda ishlashmoqda.

Reyting: -1   

Fikrlar

   
11 dek 19:35:19
Samsung
Jasur Abduraimov oz muddat, lekin juda zo'r ishlagandi Paxtakorda. O'yin uslubi rosa yoqardi
   
11 dek 12:35:21
Baxtigali Adilov
Шу Абдураимов хакида сорамокчийдим,каерда ишлаётган экан деб.
-1   
11 dek 13:52:07
rustam
Эта лицензия ничего не стоит! Как были наши тренера безграмотными , такими и остаются!
-1   
11 dek 13:34:51
Ўзбек футболининг муҳлиси
Битта саволде, шунақа мураббийлик лицензиясига ўқиш учун олдин футбол билан шуғулланмаган бўлса ҳам бўладими?
-1   
11 dek 13:19:44
dessi anvar
буларни ҳаммаси футболимизга қўрқоқ тактика киргизиш бўйича чемпион буларга лицензияга ўқиш шартмас , клубларимизга гала қариб жун ташлаб туллак бўп қоганлар билан шартнома тузишади , орқага қараб югуриш бўйича биззи кола лигамиз любой лигани ортда қолдиради , лицензияни нима кераги бор , тошбақа учади деб футболчиларни догмага тиқиб қўйганга ўхшайди , мана қизларимиз қанақа натижага эришяпти , эркаклар лигамизда кулга оғнагандай гап , а бу қачон тез ва ҳужумкор футбол кўрамиз АПЛ га ухшаб
-2   
11 dek 15:09:40
Ravshan Xomidov
Baxtigali Adilov foydalanuvchining fikriga javob berish
Шу Абдураимов хакида сорамокчийдим,каерда ишлаётган экан деб.
Yozib qoyibdiku ishsiz deb. O'qib chiqing yaxshilab.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика