Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi libosi taqdimoti bo'lib o'tadi
26 dek 2018 19:02
Yangiliklar


Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi libosi taqdimoti bo'lib o'tadi
O'zbekiston futbol associaciyasi Germaniyaning Jako kompaniyasi bilan shartnoma imolagan va ushbu shartnomaga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi - 2019 dan boshlab yangi liboslarda maydonda to'p surishi belgilab qo'yilgandi.
Ertaga 27 dekabr kuni soat 15:00da Milliy olimpiya qo'mitasi binosida O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi libosi taqdimoti bo'lib o'tadi. Yig'ilganlarga milliy terma jamoamiz uchun Jako kompaniyasi tomonidan tayyorlangan maydondagi futbolchilar va darvozabonning formalari namoyish qilinadi.
Mazkur marosimga yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif etiladi.
O’xshash yangiliklar
14:25
JCH yilida PFL rejalarida o'zgarishlar bo'lishi mumkin: tashkilot 3 ta variantni ilgari surdi 5
14:26
O'zbekiston U-23 terma jamoasi xotira turnirida Yaponiyaga imkoniyatni boy bergan o'yindan GALEREYA 0

Fikrlar