So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  6 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Eronda eng yaxshilar aniqlandi, ular orasida hamyurtimiz ham bor Yangiliklar

Eronda eng yaxshilar aniqlandi, ular orasida hamyurtimiz ham bor

Eronda 2017/2018 yilgi mavsum yakunlari bo'yicha eng yaxshilarni taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Mamlakatning "Eng yaxshi futbolchisi" deb 30 yoshli Vohid Amiri topildi. "Persepolis" klubi sobiq futbolchisi darhaqiqat yakuniga etgan mavsumni yuqori notada o'tkazdi. U ham klub, ham terma jamoa miqyosida o'zini ko'rsata oldi. Amiri forslar tarkibida JCH-2018ning uchala o'yinida ham ishtirok etdi. Yaqinda ushbu futbolchi Turkiyaning "Trabzxonspor" klubiga ko'chib o'tdi.

"Eng yaxshi klub" sifatida amaldagi chempion "Persepolis" etirof etildi. Bu jamoa chempionat tugashiga uch hafta qolganida chempionlikni rasmiylashtirdi. Eron Pro ligasida 19ta gol urgan Ali Alipur "Eng yaxshi to'purar" sovrinini qabul qilib oldi. "Eng yaxshi himoyachi" sovrini "Persepolis" sardori Jalol Hussayniga nasib etgan bo'lsa, ushbu klub posboni Alirizo Beyranvand "Eng yaxshi darvozabon" deb topildi.

SHuningdek, Umid Ibrohimi "Eng yaxshi yarim himoyachi", hamyurtimiz Server Jeparov esa "Eng yaxshi assistent" deya etirof etildi. Malumki, Jeparov yakuniga etgan mavsumni Tehronning "Istiqlol" klubida o'tkazdi. "Paykan" himoyachisi Mehdi SHiri "Feyr pley" sovrinini qabul qilib oldi. Bijan Haydari esa yilning "Eng yaxshi hakami" deb topildi. Va nihoyat "Eng yaxshi murabbiy" sovrini "Persepolis" ustozi Branko Ivankovichga nasib etdi.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика