"Eron bilan ikkinchi bo'limdagi o'yin, men yaqin yillarda ko'rgan eng zo'r o'yin"
12 fev 2024 16:11
Yangiliklar
"Eron bilan ikkinchi bo'limdagi o'yin, men yaqin yillarda ko'rgan eng zo'r o'yin"
"Boshqa murabbiylar jamoatchilikka qilayotgan ishlari bo'yicha hisobot berar edi, Katanecda esa bunaqa emas ekan. Balki bu ham to'g'ridir. Bitta turnirdan so'ng xulosa qilib qo'yishni xohlamayman. Balki u hozir to'g'ri yo'ldadir, buni isbotlay olar balki. Yaqinda Sinisha Mixaylovich olamdan o'tdi, "Bolonya"da ishlagan murabbiy. Futbolchilar murabbiy uchun o'ynashdi joyi kelganda. Murabbiy zoom orqali ko'rsatmalar berib turdi.
Baribir holatni ichidan bilish kerak. Balki futbolchilardan ham "tortolmaydi bu" degan gaplar chiqar. Agar sog'lik haqida qayg'uradigan bo'lsa, Katanec ham o'zini majburlab ishlamasa kerak. Joyi kelsa, "tayyormasman" deb o'zi ham aytsa kerak. Birdaniga "chopvormaslik" kerak.
Yana bir narsa, turnirga yaqin ketma ket jarohatlar bo'ldi. Katanecning rejalarini buzib yubordi baribir. Balki uning bizga ko'rsatmoqchi bo'lgan boshqa futboli bo'lishi mumkindir. Hozir majburlikdan kimlarnidir tushirdi va turnir vaqtida ham jarohatlar davom etaverdi. U majburlikdan eksperimentlar qildi, ishonmaydigan futbolchilariga ishonishga to'g'ri keldi. Sxemalar o'zgarib ketdi.
Eron bilan ikkinchi bo'limdagi o'yin men yaqin yillarda ko'rgan eng zo'r o'yinimiz bo'ldi. Balki shunaqa futbolni 90 daqiqa o'ynaydigan qilib joriy qilar. Imkon berish kerak hali", – deydi Hasan Turdialiev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar