So’nggi yangiliklar

01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  0 01:50BALLON D'OR-2025  82 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  18 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  19

Erkin Baxtiyorov: "2021 yil Superligada bir turda ikkita uchrashuvda VAR tizimi ishlaydi" Yangiliklar

Erkin Baxtiyorov: "2021 yil Superligada bir turda ikkita uchrashuvda VAR tizimi ishlaydi"

Ayni kunlarda O'zbekiston Superliga bahslarida ishlaydigan va ularga nomzod bo'lgan yosh hakamlar uchun o'quv-yig'in mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.

SHuningdek hakamlar "Bunyodkor" akademiyasi  maydonlarida o'tkazilayotgan bir qator o'rtoqlik o'yinlarida VAR  tizimidan foydalangan holda malakalarini oshirishmoqda. Biz amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan O'FA hakamlar departamenti rahbari vazifasini bajaruvchi Erkin Baxtiyorovni fikrlari bilan qiziqdik.

"Ushbu seminar o'quv-mashg'ulot yig'ini tarzida o'tkazilmoqda. Bu har yili qish oylarida tashkil qilinadi. Aniqrog'i mazkur yig'inlar yangi mavsumga tayyorgarlik vazifasini bajaradi. Birinchi bosqichda Superligada ishlaydigan va uchrashuvlarni boshqaradigan nomzodlar ishtirok etadilar. Avvalgi yillardan farqli ravishda joriy yilda bosh hakamlar jismoniy jihatdan ham testlar  ham topshirishmoqda. FIFA tomonidan joriy qilingan "Yo - Yo" testini hakamlarimizda sinab ko'rdik, ular mazkur topshiriqlarni muvaffaqiyatli tarzda bajarishdi. Biz istiqomat qilayotgan mehmonxonada nazariy mashg'ulotlar ham o'tkazilmoqda, unda o'yinlardagi bir qator vaziyatlar, penalti, o'yindan tashqari holatlarni aniqlash FIFA instruktorlari tomonidan o'rgatilayotganini aytib o'tish joiz. Mana uch kundurki "Bunyodkor" akademiyasida o'tayotgan o'rtoqlik uchrashuvlaridan unumli foydalangan holda hakamlarimizning VAR  bilan ishlash bo'yicha tajriba va malakalarini oshirib borilmoqda. Amalga oshirayotgan ishlarimiz yangi mavsumda o'z mevasini berishiga ishonamiz. 

VAR Superligada rasmiy o'yinlarda ham qo'llaniladi. Hozirda O'zPFL bilan hamkorlikda bir qator loyihalarni ishlab chiqyapmiz. Hakamlarni shartnomalarini yangilash, ularni yuqori darajaga olib chiqish ustida ish ketmoqda. Ayni vaqtda rejamiz bo'yicha 2021 yil Superligada bir turda kamida ikkita uchrashuvda VAR tizimi ishlaydi. Keyinchalik imkoniyatlarimiz oshgan sari bitta turda bir nechta uchrashuvlarda ushbu tizmni ishlatamiz",- deydi O'FA hakamlar departamenti rahbari.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика