Ergash Ismoilov xushidan ketib qoldi, "Neftchi" - "Buxoro" uchrashuvi oxiriga etmadi
15 fev 2018 13:36
Yangiliklar
Ergash Ismoilov xushidan ketib qoldi, "Neftchi" - "Buxoro" uchrashuvi oxiriga etmadi
Bugun Toshkentda "Neftchi" va "Buxoro" o'rtasidagi nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Soat 12:00da boshlangan uchrashuv oxiriga etmay tugadi. Ikkinchi taymda hisob 1:1 bo'lib turgan paytda ikki futbolchi to'qnashib ketdi.
"Hozir maydonda juda yomon holat yuzaga kelgan. YU Kuboki va Ergash Ismoilov o'rtasida jiddiy to'qnashuv sodir bo'ldi. Ismoilov xushini yo'qotgan holatda maydonda yotibdi. Uni ahvoli yomonga o'xshaydi. SHifokorlar unga yordam ko'rsatishyapti. Yaratgandan undan shifo so'raymiz. O'yin to'xtatilgan", - deb yozdi "Neftchi" klubining telegramdagi rasmiy kanali.
SHu tariqa, bahs oxiriga etmay tugatildi.
championat.asia sayti xodimlari va muxlislari Ergash Ismoilovga sog'lik tilaydi.
Fikrlar