"Messi PSJda vaziyat rasvo bo'lganini aytdi". "SHarlott" sobiq o'yinchisi Lionel bilan suhbat haqida
06 okt 11:56
Yangiliklar
"Messi PSJda vaziyat rasvo bo'lganini aytdi". "SHarlott" sobiq o'yinchisi Lionel bilan suhbat haqida
"Final hushtagidan so'ng qaerda yaxshiroq his qilganini so'radim — Mayamidami yoki Franciyada. U hayron qoldi. Men "Tuzula" o'yinchisi sifatida "Park de Prens"da unga qarshi o'ynaganimni eslatdim. Leo eslolmadi... ammo bu men uchun amalga oshgan bolalik orzuim edi.
Messi doim eng sevimli o'yinchim bo'lgan! U bilan ko'rishish o'zgacha narsa bo'lgandi. U menga o'sha kuni PSJdagi holat rasvo bo'lganini aytdi. Sababi avvaliga parijliklar uni yaxshi qabul qilishgan, CHempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng esa uning har bir to'pga teginishiga hushtak chalishgan va bu tezda uning joniga tekkan.
Adashmasam, o'sha kuni uni ikki bor yiqitdim. Ammo, o'yindan so'ng uning futbolkasini so'rashga jurat qilolmadim: har safar uning libosini taxminan 100 inson so'raydi, bu uning joniga ham tekkandir...", — dedi Dejagere.
Messi PSJdan "Inter Mayami"ga 2023 yilda o'tdi.
Fikrlar