Enrike Dembeleni qaydnomadan chiqarib yubordi. U "Arsenal" bilan o'yinda qatnashmaydi
30 sen 2024 17:41
Yangiliklar
Enrike Dembeleni qaydnomadan chiqarib yubordi. U "Arsenal" bilan o'yinda qatnashmaydi
Vinger Usmon Dembele PSJning "Arsenal"ga qarshi CHempionlar Ligasi umumiy bosqichi o'yinida ishtirok etolmaydi.
Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, bu qaror tashabbuskori parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikedir. Qayd etilishicha, Liga 1 doirasidagi "Renn"ga qarshi o'yindan so'ng Dembele va murabbiy o'rtasida ziddiyat yuzaga kelgan. SHu tufayli Enrike Usmonni bo'lajak uchrashuvga jalb qilmaslikka qaror qilgan.

"Arsenal" – PSJ uchrashuvi ertaga, 1 oktyabr kuni Londondagi stadionda bo'lib o'tadi.
Dembele joriy mavsum barcha turnirlarda 7 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar