So’nggi yangiliklar

23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  0 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  0 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  31 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  4 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  2 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  167 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4 19:05Февзи Давлетов: "Бу каби баҳсларда кўп ҳам вазиятлар яратилмайди"  0 18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0

Elit OCHL. "Istiqlol" va "Paxtakor" o'rtasidagi zerikarli o'yinda hisob ochilmadi Yangiliklar

Elit OCHL. "Istiqlol" va "Paxtakor" o'rtasidagi zerikarli o'yinda hisob ochilmadi

Elit Osiyo CHempionlar Ligasi 5-turidan o'rin olgan "Istiqlol" (Eron) – "Paxtakor" uchrashuvi yakunlandi.

Elit OCHL

5-tur

"Istiqlol" (Eron) – "Paxtakor" (O'zbekiston) 0:0

Dubay. "Rashid" stadioni. 21:00

"Istiqlol": 1.Said Hussayn, 2.Muhammad Hussayn, 3.Saman Falloh (6.Iman Salimi, 64), 10.Ramin Rizoyan, 18.Midod Zakipur (33.Abulfayz Jaloli, 64), 19.Gustavo Blanko (99.Amirali Sadig'i, 64), 22.Dide Ndong, 55.Rafael Da Silva, 77.Jaloliddin Masharipov, 80.Muhammadhussayn Islomi (23.Arman Ramazoni, 83), 88.Arash Rizovand (14.Zubayr Niknafs, 64)

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 3.SHahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullaev, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Diyor Xolmatov (2.Behruz Asqarov, 89), 22.Umar Adhamzoda (6.Muhammadali O'rinboev, 90+3), 23.Abdurauf Bo'riev, 30.Otabek Jo'raqo'ziev (99.Ulug'bek Hoshimov, 81), 33.Doniyor Abdumannopov (40.Kimi Merk, 89), 44.Mahmudjon Mahammadjonov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

Zaxira: 1.Nikita SHevchenko, 35.Pavel Pavlyuchenko, 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 15.Diyorbek Ortiqboev, 17.Dostonbek Hamdamov, 18.Saidumarxon Saidnurullaev, 20.Dilshod Abdullaev, 31.Muhammadali Usmonov.

Ogohlantirish: Said Hussayn (57), Hojiakbar Alijonov (74), Muhammad Hussayn (87), Zubayr Niknafs (90+2).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+3. "Paxtakor"da o'zgarish: O'rinboev Adhamzoda o'rniga o'yinni yakunlab qo'yadi.

90+2. To'pni qo'l bilan o'ynab, "Paxtakor"ning tezkor qarshi hujumini buzgan Zubayr Niknafs ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Paxtakor"da ikki o'zgarish amalga oshirildi.

87. Alijonovni sariq kartochka olishga majbur qilgan Muhammad Hussayn unga nisbatan fol ishlatib, o'zi ogohlantirildi.

85. Zarba! Mezbonlarning standarti Ramazonining zarbasi bilan yakunlandi, Nazarov to'pni egallab oldi.

84. Xavfli vaziyat! Mahammadjonovning markazga uzatmasini Said Hussayn uqib oldi va to'pni ushlab oldi.

83. "Istiqlol"da oxirgi o'zgarish amalga oshirildi.

81. "Paxtakor"da ilk o'zgarish: Hoshimov Jo'raqo'zievni almashtirdi. SHu ham majburiy o'zgarish bo'lib chiqdi, Otabek maxsus tibbiy mashinada maydondan olib chiqildi.

76. Qo'pollik ishlatish navbati Adhamzodaga keldi. SHackix bugungi o'yinda o'zgarish qilmaydigan ko'rinadi.

74. Alijonov Muhammad Hussaynga qarshi xavfli chiqqani uchun ogohlantirildi.

72. Jo'raqo'ziev to'p uchun kurashda fol ishlatdi, ammo kartochchkadan qutulib qoldi.

68. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning chap qanotdan "Paxtakor" jarima maydoni uzamasiga sherigi Islomi bosh bilan zarba yo'lladi, "sherlar" baxtiga zarba ko'ngildagidek chiqmadi. 

64. "Istiqlol" tarkibida bir yo'la to'rt o'zgarish amalga oshirildi, Masharipov maydonda qoldi.

62. Xavfli vaziyat! Muhammad Hussayn qanotdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi, Nazarov o'z o'rnida.

60. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning o'ta xavfli ilk hujumida Rizayan zarba yo'llashga ulgurmadi, ikkinchisida esa Azmiddinov jonbozlik ko'rsatdi.

57. Jo'raqo'zievga nisbatan qo'pol o'ynagan Falloh ogohlantirildi.

55. Mahammadjonovning olisdan yo'llagan zarbasi raqib darvozasidan yuqorilab ketdi.

53. Xavfli vaziyat! "Paxtakor"ning ajoyib kombinaciyasini so'nggi lahzada Rizayan puchga chiqardi.

52. Maydoni markazida Abdullaev tomonidan qoidabuzarlik sodir etildi.

48. Alijonov raqib jarima maydoni yaqinida yiqildi, ammo qoidabuzardlik qayd etilmadi deb topildi. Keyingi hujumda esa pressinga natijasida "Istiqlol" darvozaboni xatoga yo'l qo'ydi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

37. ZARBA! Alijonov raqib jarima maydonida to'pni qabul qilib olib, o'ng oyoqda kuchli zarba yo'lladi, ammo uning zarbasi darvozaning yon tarafiga borib tegdi.

33. Abdumannopov markaz tomon yo'nalishi olib, 30 metrlar masofadan chap oyoqda zarba yo'lladi, ammo uning zarbasi kuchsiz va noaniq ko'rinish oldi.

29. Ikki jamoa futbolchilarining hujumdagi yakuniy uzatmalari o'ta noaniq ko'rinish olmoqda. Biroz zerikarli o'yin guvohiga aylanyapmiz.

23. "Paxtakor"da xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, biroq raqib jarima maydonida turgan Abdumannopov o'ziga kelgan to'pni to'g'rilab, zarba yo'llay olmadi.

16. "Paxtakor" tomonidan amalga oshirilgan burchak uzatmasini Said Hussayn urib yubordi.

15. Xavfli vaziyat! Adhamzodaning chap qanotdan markazdagi Jo'raqo'zievga uzatmasini Zakipur qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

11. "Paxtakor" dastlabki daqiqalarda ustunlikni qo'lga olishga harakat qilmoqda. 

8. Mehmonlarda xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, Alijonovning uzatmasiga sheriklariga etib kela olmadi.

2. "Istiqlol" futbolchisi og'riqli zarba qabul qilib oldi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Istiqlol" ko'k, "Paxtakor" sariq-oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика